O‘zbekiston | 10:41 / 06.12.2023
4786
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda sobiq «Brodvey» - Sayilgoh ko‘chasiga vaqtincha Konstitutsiya ko‘chasi nomi berildi

5 dekabr kuni Yunusobod tumanida joylashgan Sayilgoh («Brodvey») ko‘chasiga vaqtincha Konstitutsiya ko‘chasi nomi berildi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Toshkent shahrida sobiq «Brodvey» - Sayilgoh ko‘chasining nomi vaqtincha o‘zgardi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, respublika bo‘ylab yaqinlashayotgan Konstitutsiya kuni arafasida bosh qomusning qadrini yoshlarga tushuntirish, uni ulug‘lashga qaratilgan ko‘plab chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

«Toshkent shahri ham bunday tadbirlardan chetda qolmadi», deyiladi xabarda.

Bildirilishicha, kecha, 5 dekabr kuni Yunusobod tumanida joylashgan Sayilgoh (sobiq Brodvey) ko‘chasiga vaqtincha Konstitutsiya ko‘chasi nomi berilgan va shu munosabat bilan katta bayram tadbiri tashkil etilgan.

Ma’lumot uchun, Sayilgoh ko‘chasi Toshkent shahri markazida joylashgan. Bu ko‘cha ko‘p yillar davomida xalq orasida «Brodvey» deb atalgan. Ko‘chaning ikki tomonida turli rassomlarning asarlarini va esdalik sovg‘alarni sotib olsa bo‘ladi.   

Mavzuga oid