Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi 19 sentabr kungi qarori bilan poytaxtga mavsumiy gullar ekish uchun 12 mlrd so‘m ajratilishi ma’qullagan edi. Kengash 29 noyabr kuni bu mablag‘larning 5 mlrd so‘mini taqsimlash to‘g‘risida qaror chiqardi.

5 mlrd so‘mlik xarajatlar paketining manbasi – respublika budjetining 2023 yil 3-chorak daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qismidan Toshkent shahar mahalliy budjetiga ajratilgan mablag‘lardir.

Ajratilayotgan mablag‘lar taqsimoti quyidagicha:

  • poytaxtning 12 ta tumani obodonlashtirish boshqarmalariga (taqsimoti quyidagi jadvalda) – 2,73 mlrd so‘m;
  • Irrigatsiya xo‘jaligi va ko‘kalamzorlashtirish obektlarini ta’mirlash ixtisoslashtirilgan boshqarmasiga – 1,4 mlrd so‘m;
  • Markaziy maydonlarni obodonlashtirish ixtisoslashtirilgan boshqarmasiga – 550 mln so‘m;
  • Hukumat obektlariga xizmat ko‘rsatish ixtisoslashtirilgan boshqarmasiga – 250 mln so‘m;
  • Fuqarolarga xizmat ko‘rsatish boshqarmasiga – 70 mln so‘m.

Tumanlar kesimida gul ekish uchun eng ko‘p mablag‘ Mirzo Ulug‘bek (500 mln so‘m) va Chilonzor (400 mln so‘m) tumanlariga berilmoqda. Eng kam mablag‘ – Bektemir (100 mln so‘m), Yangihayot va Uchtepa tumanlariga (130 mln so‘mdan) ajratiladi.