S&P Global Ratings agentligi Özbekistonning eng yirik kompaniyalaridan biri – “Özbekneftgaz”ning kredit reytingini oktyabr oyi oxirida “BB-“dan “B+”ga tuşirgan edi. Bu moliyaviy risklar ortganini anglatadi.
Noyabr oxiriga kelib esa, agentlik kompaniyaning reytingi böyiça prognozni “barqaror”dan “salbiy”ga tuşirdi. Ya’ni “Özbekneftgaz”ning kredit reytingi kelgusida yana ham pastlaşi ehtimoli yuqori.
Şunday bölsa-da, kompaniyaning kreditorlar oldidagi qarzni tölaş imkoniyati saqlanib qolayotgani keltirib ötilgan.
“Gazdan suyuq yonilği işlab çiqaruvçi “Uzbekistan GTL” MÇJning belgilangan muddatdan uzoq vaqtda işga tuşirilgani, foizlar böyiça yuqori xarajatlar va mamlakatdagi gaz zaxiralari bilan boğliq umumiy xavotirlar tufayli kredit körsatkiçlarining sezilarli yaxşilanişi dargumon va noaniq. Biz FFO 12 foizdan oşişini kutmayapmiz. Uzbekistan GTL'ni töliq işga tuşiriş yana ikki-uç yilga çöziladi. Bu kutilganidan sekinroq, çunki xomaşyo bilan ta’minlaş biroz çeklangan bölişi mumkin. Buning sababi şundaki, Özbekiston iqtisodiyoti ösişini qöllab-quvvatlaş uçun qöşimça gaz yetkazib beriş liniyalarini izlamoqda”, – deyiladi S&P'ning oktyabr oyi uçun tayyorlagan hisobotida.
Tahlilçilarning bazaviy ssenariysiga köra, “Özbekneftgaz”ning EBITDA körsatkiçi 2023 yil uçun prognoz qilingan 10,5−11,5 trln söm va 2022 yil uçun prognoz qilingan 9,1 trln sömdan sezilarli darajada yaxşilanib, 2024 yilda 14−16 trln söm, 2025 yilda esa 15−17 trln söm bölişi kutilmoqda. Biroq, bu miqdor, ayniqsa qiş oylarida, mamlakatda gaz mavjudligiga qarab sezilarli darajada özgarişi mumkin.
Zavodda 2022−2023 yillar qişidagi kabi jiddiy tanqislik kutilmayotgan bölsa-da, bunday ssenariy yuzaga keliş ehtimoli ham yöq emas. Kompaniyaning qarz yuki ham 2023 yilda ikki baravar köpayib, 5 trln sömga yetişi kutilmoqda, çunki umumiy qarzning 73 foizi özgaruvçan foiz stavkalarida jalb qilingan.
Ta’kidlanişiça, Özbekiston uçun barqaror gaz ta’minoti muhim ahamiyatga ega, çunki mahalliy işlab çiqariş hajmining qisqarişi va iste’molning ortişi mamlakatni keyingi bir neça yil içida sof eksportçidan sof importçiga aylantirişi mumkin.
Işlab çiqariş va iste’mol balansi örtasidagi tafovut yomonlaşgan
Sönggi yillarda Özbekistonda gaz qazib oliş va iste’mol qiliş balansi yomonlaşgan. Xususan, oxirgi 10 yil içida içki gaz qazib oliş 2012 yildagi 63 mlrd kub metrdan 2022 yilda qariyb 53,8 mlrd kub metrgaça kamaydi. Bu jarayon joriy yilda ham davom etgan. Jumladan, 2023 yilning birinçi yarmida bu körsatkiç 23,6 mlrd kub metrni taşkil etdi va ötgan yilning mos davriga nisbatan 9,6 foizga kamaydi.











