Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa Ittifoqi sun’iy intellektni tartibga soluvchi qonun loyihasini kelishib oldi
Loyihaga ko‘ra, ChatGPT kabi sun’iy intellekt (SI) tizimlarini yaratuvchi kompaniyalar noqonuniy kontent yarata olmaydigan SI modellarini ishlab chiqishi kerak.
Foto: AP
Yevropa Ittifoqi dunyoda birinchi bo‘lib sun’iy intellektni (SI) tartibga soladi – tegishli me’yoriy-huquqiy hujjat loyihasi bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bu haqda Euronews xabar berdi.
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari vakillari va Yevroparlament a’zolari sun’iy intellekt sohasini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjat loyihasi bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishgan.
Loyihani ishlab chiquvchilar himoya va innovatsiyalar o‘rtasida maqbul muvozanatga erishganini da’vo qilmoqda. Sun’iy intellektni tartibga solish g‘oyasining tanqidchilari bunday muvozanat yo‘qligini ta’kidlashadi.
Loyihaga ko‘ra, ChatGPT kabi sun’iy intellekt tizimlarini yaratuvchi kompaniyalar shaffoflik bo‘yicha tekshiruvdan o‘tadi. Shuningdek, kontent sun’iy intellekt tomonidan yaratilganini oshkor qilishi talab etiladi. Bundan tashqari, ular noqonuniy kontent yarata olmaydigan tarzda SI modellarini ishlab chiqishi kerak.
Hozircha Yevroparlament tomonidan rasman ma’qullanmagan loyiha, xususan, jamoat joylarida yuzni tanish imkonini beradigan dasturdan foydalanishga ruxsat beradi, lekin faqat jinoyatchilarni qidirish va teraktlarning oldini olish uchun.
Mavzuga oid
22:41 / 18.04.2026
Meta sun’iy intellekt sababli 8 ming xodimini ishdan bo‘shatadi
21:18 / 14.04.2026
“Viktor Orban Yevroittifoq ichidagi eng katta chayqovchi edi” - siyosatshunos
20:02 / 08.04.2026
Makron, Meloni, Mers, Starmer va boshqalar Erondagi urush haqida bayonot berdi
22:54 / 25.03.2026