Ukrainada urushning 654-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Finlandiya oliy sudi «Rusich» diversiya-shturm razvedka guruhi yetakchilaridan biri, Ukraina hududida harbiy jinoyatlar sodir etishda ayblangan Yan Petrovskiyni Ukrainaga ekstraditsiya qilishga rozi bo‘lmadi. O‘z navbatida, Finlandiya politsiyasi «Rusich»ning yana bir yetakchisi Voislav Tordenga qarshi dastlabki tekshiruv boshladi.
- Kiyevda qizil armiya generali Nikolay Shchorsning haykali demontaj qilindi.
- Oq uydagilar Ukrainani qo‘llab-quvvatlov to‘xtatilishi tufayli «amerikaliklar qoni bilan to‘lov qilishga to‘g‘ri kelishi mumkinligi»ni aytdi.
- Oliy Rada komendantlik soatini buzganlik uchun jarima qo‘llash to‘g‘risidagi qonun loyihasini qo‘llab-quvvatladi.
- The Wall Street Journal Ukraina 2025 yilda yirik qarshi hujum o‘tkazishi dargumon ekanini ma’lum qildi.
- Kerchda gaz quvuri yonib ketdi. Bir necha o‘n ming kishi gazsiz qolgan.
- Bayden ma’muriyati respublikachilar Ukrainaga yordamni bloklashini to‘xtatishi uchun immigratsiya siyosatini qat’iylashtirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Baxmut frontidagi ukrain tankchilari
2023 yil mayidan buyon Baxmutni ozod etishga harakat qilib kelgan Ukraina qurolli kuchlarining bir necha brigadasi qishda mudofaaga o‘tdi. Rossiya qo‘shini ukrain guruhining zaiflashganidan foydalanmoqda (bu yerdan bir qancha bo‘linmalar Avdiyivka mudofaasi uchun olib o‘tilgan) va shahar shimolidan va janubidan qarshi hujumga o‘tgan. Ukraina QKning Baxmut atrofida qolgan bo‘linmalari shahardan shimoldagi Bogdanovka va janubdagi Kleshchiyevka hamda Andriyivka uchun og‘ir janglar olib bormoqda.

Kostya Liberov / Libkos / Getty Images

Kostya Liberov / Libkos / Getty Images






































