Germaniya kansleri Olaf Şols Yevropada energiya narxining oşib ketişida Rossiya prezidenti Vladimir Putinni aybladi. Uning sözlariga köra, Germaniya hukumati Norvegiyadan köproq gaz sotib olişga va suyultirilgan tabiiy gaz (STG) terminallarini yaratişga majbur va bu ança qimmatga tuşadi.

Şols öz bayonotini Germaniya Sotsial-demokratik partiyasi (SDP) qurultoyida aytdi. Unga köra, Rossiyadan gaz yetkazib beriş töxtatilgaç, Germaniya gaz ta’minotining yarmini yöqotgan, Yevropaga esa 120 milliard kub metr yoqilği yetişmay qolgan.

«Rossiya Yevropaga energiya yetkazib berişni töxtatdi. Aynan Rossiya prezidenti gaz quvuri orqali gaz yetkazib berişni töxtatdi», dedi Şols.

Kansler, şuningdek, ta’minotning uzilişi energiya narxi böyiça jiddiy oqibatlarga olib kelganini, jahon bozorida esa gaz narxi 10 barobar oşganini aytdi. Uning qayd etişiça, Germaniya hukumati vaziyatni töğirlaş uçun keskin çoralar körişga majbur bölgan: Norvegiyadan köproq gaz sotib olişga va mamlakat şimolida STG terminallarini qurişga qaror qilgan.

2022 yilda Yevropa Ittifoqida gaz iste’moli 343 milliard kub metrni taşkil etdi, şundan 95,7 milliardi uy xöjaliklari, qolgani esa sanoat tarmoqlari hisobiga töğri keldi.