Natija EVEREST bitiruvchisi va ustozi Dilmurod Nazarmatovga tegishli va undagi eshitish, o‘qish va gapirish bo‘limdagi 9.0 hamda yozish qismidagi 8.5 natija shu kunga qadar O‘zbekistondagi hech bir imtihon topshiruvchi tomonidan bir vaqtning o‘zida qayd etilmagan! Ushbu natija to‘rtinchi urinishda qayd etildi, unga qadar natijalar 7.5 va ikki marotaba 8.5 ko‘rinishida bo‘lgan!

EVEREST esa xalqimizga asosan yuqori IELTS natijalari bilan tanilgan o‘quv markazi hisoblanadi! O‘tgan kalendar yili ya’ni 2022 yil mobaynida EVEREST bitiruvchilarining naqd 754 nafari IELTS imtihonidan overall 7.0, 7.5, 8.0 va 8.5 natijalarni qayd etishibdi! 2021 yilda bu ko‘rsatkich 393 nafarni tashkil qilgan bo‘lsa joriy 2023 yil hisobidan yuqoridagi kabi yuksak natijalar soni 1000 nafardan allaqachon oshgan! Ushbu ma’lumotlar o‘quv markazining rasmiy Telegram-kanalidan olindi va aytish joizki bugungi kunda respublikamizda yuqoridagi miqdorlarda natija qayd etayotgan boshqa o‘quv markazi yo‘q!

EVEREST o‘quv markazi jamoatchilikka “Yil Brendi” tanlovi orqali ham tanilgan. "Yil Brendi" loyihasi Milliy marketing markazi va Respublika Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasi hamkorligida mamlakatimizda har yili tashkil qilinadi! Ushbu loyiha doirasida onlayn ovozga qo‘yish yo‘li bilan turli faoliyat kategoriyalarida mamlakatimizdagi yetakchi brendlar aniqlanadi! G‘olib bo‘lgan brend yoki biznes o‘z faoliyati doirasida eng ko‘p jamoatchilik ovozini to‘plagan bo‘lsa, “Yil Brendi” mukofoti va sertifikatini o‘z faoliyati turi doirasida qabul qiladi va o‘z yo‘nalishida mamlakatimizda eng ilg‘or deb e’tirof etiladi! EVEREST “Yil Brendi” tanlovida faoliyat kategoriyalariga “ta’lim” yo‘nalishi kiritilganidan buyon g‘oliblikni boshqalarga bermasdan kelmoqda! Ya’ni shu kungacha tashkil qilingan 2019, 2020, 2021 hamda 2022 “Yil Brendi” tanlovlarida g‘olib deb e’lon qilingan! Eng muhimi, so‘nggi 2022 “Yil Brendi” tanlovida 44 454 iste’molchi EVEREST uchun ovoz bergan!

EVEREST o‘quv markazi 2012 yilda tashkil qilingan bo‘lib, hozirda Toshkent shahrida 14 manzilda faoliyat yuritmoqda. Ayni damda 24 000 nafarga yaqin yosh o‘g‘il-qiz IELTS imtihonlariga ushbu ta’lim dargohida tayyorlanmoqda! Ingliz tili va IELTS kurslaridan tashqari ushbu o‘quv markazida rus tili va abituriyent fanlaridan ham ta’lim beriladi! Darslar malakali, yuqori natijali, iste’dodli va eng muhimi asosan EVEREST bitiruvchilaridan iborat ahil jamoa tomonidan olib boriladi!