O‘zbekiston | 14:13 / 10.01.2023
13625
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda pensiyani hisoblashda inobatga olinadigan ish haqi miqdori oshirildi

O‘zbekistonda pensiya hisoblashda inobatga olinadigan ish haqining yuqori chegarasi 3 888 000 so‘m etib belgilandi.

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi boshqarma boshlig‘i Farrux Pardayev fuqarolarga pensiya tayinlash borasida ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 2023 yil 1 yanvardan boshlab pensiyani hisob-kitob qilish uchun ish haqining maksimal miqdori, ya’ni yuqori chegarasi pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining o‘n barobaridan o‘n ikki barobarigacha oshirilgan.

Shu kundan boshlab pensiyani hisoblashda inobatga olinadigan ish haqining yuqori chegarasi 3 888 000 so‘m etib belgilagan.

2022 yil dekabr oyida o‘rtacha oylik ish haqi miqdori pensiya hisoblash bazaviy miqdorining 10 baravaridan, ya’ni 3 240 000 so‘mdan yuqori bo‘lgan 371 ming nafar pensiya oluvchilarning pensiya miqdorlari qayta hisob-kitob qilingan.

Pensiyasi oshadigan fuqarolarga 2022 yilning dekabr oyida SMS xabar jo‘natilgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid