Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada qiyin ahvolga tushib qolgan fuqarolar O‘zbekistonga qaytarildi
O‘zbekistonning Vladivostokdagi bosh konsulligi xodimlari ko‘magida Rossiyaning Amur viloyatida qiyin ahvolga tushib qolgan fuqaro S.T. va uning ikki nafar voyaga yetmagan farzandi O‘zbekistonga qaytarildi.
«Dunyo» ma’lum qilishicha, O‘zbekiston bosh konsulligi diplomatlari tomonidan Amur viloyatida tashkil etilgan konsullik sayyor qabuli davomida ushbu viloyatning Blagoveshchensk shahrida vaqtincha bo‘lib turgan 1984 yilda tug‘ilgan S.T. ikki nafar voyaga yetmagan farzandi bilan birga moliyaviy qiyin ahvolga tushib qolganligi sababli O‘zbekistonga qaytish uchun amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan.
O‘rganishlar natijasida, u 2018 yil oktyabr oyidan beri Rossiyaning Amur viloyatida vaqtincha ishlayotgani ma’lum bo‘ldi. S.T.ning turmush o‘rtog‘i joriy yil oktyabr oyida Rossiya migratsiya qonunchiligini buzganligi sababli o‘rnatilgan tartibda O‘zbekistonga deportatsiya qilingan.
Ushbu vajlar inobatga olinib, mamlakat bosh konsulligi tomonidan fuqaroga ko‘mak ko‘rsatishga qaror qilindi. «Mehr» loyihasi fondi mablag‘lari hisobidan S.T. va uning ikki nafar farzandiga O‘zbekistonga qaytishi uchun 3 ta aviachipta sotib olib berildi.
Mavzuga oid
19:29 / 22.09.2025
Rossiya har qanday tahdidlarga javob berishga qodir – Putin
15:20 / 22.09.2025
Qrim «hokimiyati» Ukraina Forosga zarba berganini ma’lum qildi
14:35 / 22.09.2025
Germaniya Boltiq dengizidagi Rossiya samolyoti tufayli qiruvchilarini havoga ko‘tardi
12:25 / 22.09.2025