Toşkent–Samarqand pullik avtomobil yöli loyihasining dastlabki texnik-iqtisodiy asosi işlab çiqildi. Bu haqda Samarqand viloyati avtomobil yöllari boşqarmasi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinişiça, xalqaro standartlarga javob beradigan 305 km uzunlikdagi 6 tasmali avtomobil yöli “Avtomagistral” talablari asosida quriladi.

Hamma tutaşma va inşootlar ustidan yangi köprik va yöl ötkazgiçlar quriş hamda intellektual transport tizimini örnatiş közda tutilgan. Pulli yölning qurilişi hozirda mavjud yagona yölga tuşayotgan yuklamaning taqsimlanişiga olib keladi.

Yöl qoplamasining yuk kötariş qobiliyati xalqaro standartlar böyiça 13 tonna böladi. Avtomobil yölining xizmat qiliş muddati esa 25 yil deb belgilangan.

Loyihaning dastlabki texnik-iqtisodiy asosini Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki ajratgan 350 ming yevro grant mablaği hisobidan Avstriyaning “ILF Consulting Engineers Austria GmbH” kompaniyasi işlab çiqqan. YeTTB texnik-iqtisodiy asoslarni işlab çiqiş uçun jami 1,5 mln dollar ajratgan.

Loyihani amalga oşiriş uçun tender asosida Turkiyaning Proyapı Mühendislik ve Müşavirlik A.Ş kompaniyasi tanlab olingan.

  • Özbekistonda davlat-xususiy şeriklik asosida pulli yöllar quriş haqida ilk bor 2018 yilda gapirilgan edi. Öşanda Germaniyaning GP Günter Papenburg kompaniyasi boşqaruvi raisi Gyunter Papenburg Toşkentga kelib, Avtomobil yöllari qömitasi rahbari Abdurahmon Abduvaliyev bilan uçraşgandi.
  • 2022 yil oktyabrda Davlat-xususiy şeriklikni rivojlantiriş agentligi direktori Zokir Bozorov Toşkent–Samarqand va Toşkent–Andijon pulli avtomobil yöllari 2026 yilgaça qurib bitkazilişini ma’lum qilgan.
  • Prezident Şavkat Mirziyoyev 2023 yil iyunda samarqandlik saylovçilar bilan uçraşuvida Toşkent–Andijon pulli yölini quriş işlari yil oxirigaça boşlanişini aytgandi.