Taşrif bilan Bağdod şahrida bölgan Özbekiston taşqi işlar vaziri örinbosari Bahrom A’loyev Iroq boş vaziri örinbosari – taşqi işlar vaziri Fuad Husayn bilan uçraşdi.
TIV ma’lumotiga köra, Iroq tomoni Özbekiston bilan köp qirrali şeriklikni yanada mustahkamlaş va özaro ustuvor sohalarda hamkorlik kölamini kengaytirişdan manfaatdorligini bildirdi.
Siyosiy muloqotni faollaştiriş, savdo-iqtisodiy hamkorlikni çuqurlaştiriş va madaniy-gumanitar almaşinuvni mustahkamlaş muhimligi ta’kidlandi. Iroq tomoni Özbekiston mahsulotlarining Iroq bozoriga çiqişi va Özbekistondan import turlarini kengaytirişdan manfaatdor ekanligini bildirdi.
Uçraşuvda bölajak qöşma tadbirlar jadvali ham muhokama qilindi.












