3-8 dekabr kunlari özbekistonlik talabalar “Dubai Expo City”dagi COP-28 “Green Zone”ga taşrif buyurdi, barqaror rivojlanişni ta’minlaş uçun raqamli iste’dodlarni birlaştirişga möljallangan Seeds Tour va “Talent & Green Summit”da qatnaşdi.
BAAning Dubay şahrida bölib ötgan COP-28 iqlim özgarişi böyiça konferensiya doirasida Özbekistondagi oliy öquv yurtlaridan sakkiz nafar talaba “Seeds Tour” ta’lim turida qatnaşiş uçun taklif etildi. Joriy yilning sentabr oyida Qatar poytaxti Doha va BAAning Dubay şaharlarida “Seeds for the future” ta’lim dasturi doirasida ötkazilgan Tech4Good mintaqaviy tanlovida ğolib bölgan “Techno Mind” jamoasi vakillari sayohatga yöl oldi. “Techno Mind” jamoasi tarkibi Toşkent Axborot texnologiyalari universiteti, Toşkent şahridagi Inha universiteti, Toşkent şahridagi Amiti universiteti, Toşkentdagi Kimyo xalqaro universiteti va Yangi Özbekiston universiteti talabalaridan iborat.

Turning asosiy tadbirlaridan biri 5 dekabr kuni bölib ötgan “Seeds for the future 2.0” ta’lim dasturining 22 davlatdan 36 nafar iştirokçini birlaştirgan “Talent & Green Summit” böldi. Sammitda iqtidorli yoşlar bilan bir qatorda xalqaro taşkilotlar olimlari, ta’lim muassasalari professorlari, Huawei kompaniyasi ekspertlari iştirok etdi. Iştirokçilar yoşlar örtasida raqamli könikmalarni rivojlantiriş va iqlim özgarişi bilan boğliq muammolarni hal qilişda raqamli texnologiyalardan foydalaniş zarurligini muhokama qildi.

Sammitda “Techno Mind” jamoasi yetakçisi, Toşkent şahridagi Inha universiteti talabasi Nodira Otabekova sözga çiqib, Tech4Good tanlovida eng yaxşi ğoya deb topilgan “Aquatibia” loyihasini taqdim etdi. Loyiha çiqindilarning minimal darajasiga erişiş, oçarçilikni bartaraf etiş (BRM2), toza suv va sanitariya (BRM6) kabi muhim barqaror rivojlaniş maqsadlariga (BRM) erişişga qaratilgan. Loyihani amalga oşiriş atrof-muhitga, qişloq xöjaligiga, tuproq sifatiga va hududlarda turmuş şaroitini yaxşilaşga katta ta’sir körsatişi, bir vaqtning özida ikkita asosiy muammoni: biologik çiqindilarni qayta işlatiş va suğoriş suvlarini tuzlar va oğir metallardan filtrlaş işlarini hal etişi mumkin.

“Jamoamizning yutuqlari faqat texnologik innovatsiyalar tufayli emas. Biz umumiy qaraş va döstlik tuyğusini rivojlantiriş juda muhimligini tuşundik. Texnologik taraqqiyot davrida biz yoşlarning imkoniyatlarini kengaytiriş va hamkorlikni mustahkamlaş uçun turli innovatsiyalardan foydalanişimiz kerak. Biz dunyoning bir burçagidan boşqasiga birlaşib, fikr almaşişimiz va yaxşiroq kelajak uçun hamkorlik qilişimiz mumkin”, – dedi Nodira öz nutqida.












