Rossiya Davlat Dumasining davlat qurilişi va qonunçilik qömitasi Rossiya Federatsiyasidan çiqarib yuboriş körinişidagi jazoni ijro etişning öziga xos jihatlari böyiça qonunga özgartirişlarni ma’qulladi, deb xabar bermoqda Interfax.
Bu özgartirişlarga köra, sudya qonunlarga itoatkor, soliqlarni öz vaqtida tölab borgan, muayyan yaşaş joyi bölgan çet el fuqarolarini mamlakatdan çiqarib yuborişni jarimaga almaştirişi mumkin böladi. Şuningdek, jiddiy qonunbuzarlik qilmagan fuqaroligi bölmagan şaxslarni oilaviy ahvoli, RFda yaşagan davri, faoliyat turiga, şuningdek, çiqarib yuborilganda uni qabul qilişi mumkin bölgan davlatlar yöqligiga qarab jarima qöllaşi mumkin.
Qoidabuzar çet elliklar 40 mingdan 50 ming rublgaça jarimaga tortilişi yoki, 150 soatdan 200 soatgaça majburiy işlarga jalb qilinişi mumkin
Faqat qator holatlar, jumladan, pedofiliyani propaganda qilganligi uçun ma’muriy javobgarlikka tortilgan, ilgari deportatsiyadan böyin tovlagan xorijliklarga yangi qoidalar taalluqli bölmaydi.
Özgartirişlarga köra köra, sudya majburiy tartibda deportatsiya qiliş yoki xorijlikning öz ixtiyori bilan RFni tark etişi borasida ma’muriy jazo qöllaş xususida qaror çiqarişda yuqorida tilga olingan holatlarni hisobga oladi.
Qiziği, bu qonun loyihasi 2017 yildayoq birinçi öqişga qabul qilingan. Oradan qarib 7 yil ötib, yana muhokama qilinmoqda.

















