«Dunyo» xabariga köra, suhbat çoğida ikki tomonlama hamkorlikning muhim jihatlari muhokama qilindi. Lyu Xua Texnik hamkorlik departamenti Özbekistonga atom energetikasini rivojlantiriş, zamonaviy yadro texnologiyalarini joriy etiş va qöllaşda bundan keyin ham yordam körsatişga tayyorligini ta’kidladi.
Muloqot çoğida agentlikning 2024-2025 yillarga möljallangan yangi texnik hamkorlik dasturiga alohida e’tibor qaratildi. Dasturda Özbekistonning kadrlar salohiyatini oşiriş hamda atom energetikasi va xavfsizligi, soğliqni saqlaş va ekologik muammolarni hal etişda hamkorlikda faoliyat olib borişga qaratilgan yangi milliy loyihalarni amalga oşiriş közda tutilgan.
AEXA boş direktori örinbosari zoonoz kasalliklarga (ZODIAC), plastik ifloslanişga (NUTEC Plastics), saratonga (Rays of Hope) qarşi kuraş va qişloq xöjaligi mahsuldorligini oşiriş (Atoms4Food) böyiça yangi taşabbuslar doirasida amalga oşirilayotgan loyihalarda Özbekiston mutaxassislarining iştirokini kengaytiriş hamda bu boradagi hamkorlikni jadallaştirişni taklif qildi.
Lyu Xua Atoms4Food loyihasini Özbekiston bilan eng istiqbolli hamkorlik sifatida e’tirof etdi. Uşbu loyiha XAEA va FAOning qariyb 60 yil davomida töplagan yadro va izotop texnologiyalaridan foydalanişda mamlakatlarni qöllab-quvvatlaş böyiça qöşma tajribasiga tayanadi.

















