AQŞ Senati 13 dekabr, çorşanba kuni mamlakatning 2024-moliya yiliga möljallangan mudofaa budjetini - Milliy mudofaaga ruxsat beriş töğrisidagi qonunni 886,3 milliard dollar miqdorida ma’qulladi. Bu ötgan yilga nisbatan 28 milliardga (3 foiz) köpdir.

Ovoz beriş jarayonida Senat a’zolarining 87 nafari loyihani qabul qilişni ma’qulladi, 13 nafari qarşi çiqdi. Loyiha Vakillar palatasiga ötkazildi. Qonun çiqaruvçilar budjet hafta oxirigaça har ikki palatadan ötib, imzolaş uçun prezident Jo Baydenga jönatiladi deb umid qilmoqda.

Qonun loyihasi 3 mingdan ortiq sahifani öz içiga oladi va mamlakat mudofaa ehtiyojlari uçun yuqori mablağlarni taklif qiladi. Harbiylarning iş haqi sezilarli darajada oşadi - 5,2 foizga. Bu AQŞ tarixidagi rekord böladi.

Ukrainaga yillik yordam 300 million dollarni taşkil qiladi

Amerika qonun çiqaruvçi organining tegişli qömitalari tomonidan kelişilgan mudofaa budjeti loyihasida Ukrainaga harbiy yordam uçun 300 million dollar ajratilişi közda tutilgan. Qonun çiqaruvçilar, agar kerak bölsa, 2025-moliya yilida ham xuddi şunday ehtiyojlar uçun 300 million ajratiş niyatida. Umuman olganda, Kiyevga yordam 2026 yil oxirigaça uzaytirildi.

Harbiy budjet - AQŞ harbiy xarajatlarining faqat bir qismi. Harbiy mablağlar turli budjet moddalari böyiça taqsimlanadi, masalan, yadroviy qurolga sarflanadigan xarajatlar Energetika vazirligi yönalişiga tegişli. Şuningdek, boşqa davlat idoralari va departamentlarining harbiy xarajatlari, Davlat departamentining xorijiy harbiy yordamga sarflangan xarajatlari va boşqalar mavjud.