Jinoyat işlari böyiça Toşkent viloyati sudi apellyatsiya instansiyasi 13 dekabr kuni ötkazilgan sud majlisida ijtimoiy tarmoqlarda Emine Karamanova taxallusi ostida faoliyat yuritgan bloger Lemara Mirzaaxmedovaga nisbatan quyi instansiya sudining 7,5 yillik qamoq jazosi hukmini özgarişsiz qoldirildi. Bu haqda «Ezgulik» jamiyati raisi Abdurahmon Taşanov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi. 

47 yoşli bloger ayol Jinoyat Kodeksining 139-moddasi (tuhmat), 140-moddasi (haqorat) va 165-moddasi (tovlamaçilik) bilan ayblangan. 

Tergov organi tomonidan qöyilgan 167-modda (özlaştiriş yoki rastrata qiliş yöli bilan talon-toroj qiliş) va 228-modda (hujjatlarni qalbakilaştiriş) böyiça ayblov olib taşlangan. 

Tovlamaçilik epizodi böyiça jabrlanuvçi Yangiyöl tumani hokimligi mutasaddisi ekani ta’kidlanmoqda. 

Bloger jazo muddatini umumiy tartibdagi koloniyada ötaşi belgilangan. 

Lemara Mirzaaxmedova Toşkent viloyati IIB tomonidan şu yilning mart oyida Jinoyat Kodeksining 139-, 140-, 165-, 167- va 228-moddasi bilan ayblanib, hibsga olingan edi. Qayd qilinişiça, uning rahbarligidagi korxona «hujjatlarni qalbakilaştiriş orqali budjet mablağlarini talon-toroj qilgan». 

Toşkent viloyati IIB Mirzaaxmedovaga oçilgan jinoyat işi uning blogerlik faoliyatiga daxli yöqligini qöşimça qilgan edi.