Kiyevga zarbalar yo‘llandi, 50 dan ortiq kishi jarohatlandi. Urush suratlari
Ukrainadagi urushning 658-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Volodimir Zelenskiy Osloda Norvegiya, Finlandiya, Shvetsiya, Daniya va Islandiya bosh vazirlari bilan uchrashdi. Norvegiya va Daniya Ukrainaga qo‘shimcha yordam ajratilishi haqida e’lon qildi. Kopenhagen bir milliard yevro atrofida yordam beradi, bu paket doirasida tanklar, o‘q-dori, dronlar va boshqa qurilmalar yetkazib beriladi. Oslo Kiyevga 800 million dollar miqdorida qo‘shimcha moliyaviy va gumanitar yordam ko‘rsatadi.
- «Kiyevstar» operatori ikki kun davom etgan keng ko‘lamli uzilishdan keyin faoliyatini tiklay boshladi. Hozircha abonentlar faqat ovozli aloqadan foydalanishi mumkin. Rossiyaning «Solnsepek» hakerlar hujumi ushbu kiberhujum uchun javobgarlikni zimmasiga olgan.
- Rossiya qo‘shini Kiyevni o‘qqa tutdi. Ukrain harbiylariga ko‘ra, barcha raketalar urib tushirilgan, ammo parchalar yerga qulashi oqibatida 53 kishi, jumladan olti nafar bola jarohat olgan.
- Hukumat urush boshlanganidan buyon ishlamay turgan Krasnodar aeroportini ochishga qarorq ildi. Bundan avval esa Vnukovodan «sinov parvozi» amalga oshirildi. Shot telegram-kanali ma’lumotiga ko‘ra, bu reys «Azimut» aviakompaniyasi samolyotida bajarilgan.
- Rosaviatsiya RF samolyotlari buzilib qolishi kamaygani haqida ma’lum qildi. OAV esa sanksiyalar fonida buzilishlar soni ortgani haqida xabar bergan.
Kun voqeasi. Kiyev va Odessa o‘qqa tutilishi
13 dekabrga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shini Kiyev bo‘ylab raketa zarbalari yo‘lladi. Ukraina qurolli kuchlari havo qo‘shinlari Ukraina poytaxti tomon uchib kelgan to‘qqizta raketaning barchasi havo hujumidan mudofaa kuchlari tomonidan urib tushirilganini ma’lum qilgan. Kiyev oblasti harbiy ma’muriyati soat 6:00 holatiga raketa parchalari tushishi oqibatida 53 kishi jarohat olgani, ularning olti nafari bolalar ekanini xabar qildi.
Kiyevning Goloseyevskiy rayonida parchalar tushishi oqibatida xususiy uyda yong‘in ro‘y bergan. Desnyanskiyda to‘qqiz qavatli uyning yettinchi qavati yonib ketgan. Uy aholisi evakuatsiya qilingan. Dnipro rayonida portlash to‘lqini ikkita uyning derazalarini to‘kib tashlagan (eng ko‘p jabrlanuvchilar aynan shu yerda ro‘yxatga olingan). Raketa parchalari to‘rtta xususiy uylar hududiga va yo‘l qismiga qulagan.
Rossiya harbiylari Odessa oblasti bo‘ylab kamikadze dronlar uchirgan. Havo hujumidan mudofaa kuchlari to‘qqizta dronning barchasini urib tushirgani aytilgan. Dronlardan biri Odessa Odessadagi shahar avtoulovlarni ta’mirlash zavodi hududi tushgan. Bu yerda yong‘in ro‘y bergan. Ikki kishi kuyish jarohatlari olgan. Angar vayron bo‘lgan, 11 avtomobil shikastlangan, yana uchtasi yonib ketgan. Odessa rayonida port yaqinidagi infratuzilmalar qisman vayron bo‘lgan. Jarohat olganlar yo‘q.
Zaporijjyada maskirovka to‘rlari to‘qiyotgan ko‘ngillilar
Krasnoyarskda shartnoma asosidagi armiya reklamasi
Mavzuga oid
00:35
«Yevropadagi istalgan nishonni yo‘q qila oladi» – Putin «Oreshnik» yaratuvchilari bilan uchrashdi
22:08 / 23.11.2024
Putin Kursk oblastini qaytarish muddatini belgiladi - Zelenskiy
17:55 / 23.11.2024
WSJ: Ukraina o‘zining ballistik raketasini yaratish ustida ish olib bormoqda
13:12 / 23.11.2024