Bundan bir necha kun oldin Rossiya hududida shakllangan antitsiklon janubga qarab harakatlana boshladi va Qozog‘iston hududida gigant antitsiklonga aylandi.

Natijada, shu kecha-kunduzda Rossiya va Qozog‘istonning ko‘plab shaharlarida juda kuchli sovuq havo hukm surmoqda.

Ana shu antitsiklonning bir cheti O‘zbekiston hududidan o‘tmoqda va shu sababli yurtimizda havo harorati keskin pasaydi. Mamlakat shimolida, shuningdek, Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida tunda –15..., –20 daraja atrofida sovuq kuzatildi.

Toshkentda qish manzarasi

Ob-havo kuzatuvchilari antitsiklon susaya borishi va ertadan O‘zbekistonda qattiq sovuq chekinishini aytmoqda.

O‘zbekiston nisbatan iliqroq iqlimda joylashgan va bunday sovuq havo goh-gohida bo‘lib turadi. Biroq dunyoning eng sovuq joylari bizga uzoq emas. Ayniqsa, Qozog‘istonda qishda harorat juda past bo‘ladi.

Shu kecha-kunduzda qo‘shni davlat shimoliy qismida havo harorati tunda –30 darajadan past bo‘lmoqda. Qozog‘iston poytaxti Ostona dunyodagi eng sovuq poytaxtlardan biri hisoblanadi.

Quyida dunyoning eng sovuq poytaxtlari haqida ma’lumot taqdim etamiz.

Pxenyandagi qorli manzara
koreanradio.info

10. Pxenyan, KXDR

Shimoliy Koreya poytaxti dunyodagi eng sovuq poytaxtlar qatorida turadi. Bu yerda qishda o‘rtacha harorat 0 daraja atrofida bo‘ladi. Tunda esa biroz soviydi va o‘rtacha -3 darajani tashkil qiladi.

Pxenyanda havo harorati juda sovib ketadigan kunlar ham bo‘lib turadi. Bu yerda qayd etilgan eng sovuq havo harorati –26,5 daraja bo‘lgan.

Riga
www.alamy.com

9. Riga, Latviya

Rigada yilning eng sovuq oyi yanvar hisoblanadi. Ayrim paytlarda yanvarda bu shaharda havo harorati ba’zan –20 va hatto –30 darajagacha sovib ketadi.