Ukrainadagi urushning 659-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Vladimir Putin urush boshlanganidan buyon ilk bor «jonli muloqot» o‘tkazdi. U to‘rt soatdan ortiqroq vaqt davomida savollarga javob qaytardi.
  • Bryusselda Yevroittifoqqa a’zo mamlakatlar rahbarlari sammiti boshlandi, unda Ukrainani qo‘llab-quvvatlash masalasi ham muhokama etilmoqda. Volodimir Zelenskiy ularni ukrain xalqini «sotmaslik»ka chaqirdi.
  • Moskva shahar sudi «Memorial» hamraisi Oleg Orlovga chiqarilgan hukmni bekor qildi va RF armiyasini takroran «obro‘sizlantirish» haqidagi ishni prokuraturaga qaytardi.
  • Ukraina qurolli kuchlari Rossiya qo‘shini dronlar bilan Odessa oblastiga hujum qilgani haqida xabar berdi. 41 ta uchuvchisiz uchish moslamasi urib tushirilgani aytilgan.
  • Ukrainaning barcha oblastlari bo‘ylab to‘rt bor havo trevogasi e’lon qilindi.
  • Yevropa kengashi Ukrainaning Yevroittifoqqa a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlashga qaror qildi.

Baxmut atrofida FPV-dronlarni boshqarayotgan ukrain harbiylari

Ukrainalik harbiy xizmatchi Baxmut atrofidagi oldingi chiziqda FPV-dron uchun portlovchi qurilma tayyorlamoqda
Inna Varenytsia / Reuters / Scanpix / LETA
FPV-dron uchirayotgan ukrain jangchisi
Inna Varenytsia / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrainalik harbiy xizmatchi oldingi chiziqda rossiyalik askar kamikadze dron orqali o‘ldirilgani aks etgan kadrni real vaqt rejimida tomosha qilmoqda
Inna Varenytsia / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrainalik harbiy xizmatchi oldingi chiziqda FPV-dronni boshqarmoqda
Inna Varenytsia / Reuters / Scanpix / LETA