Eron Vazirlar Mahkamasi bir tomonlama tartibda 32 davlat bilan viza rejimini bekor qilişni ma’qulladi. Bu haqda IRNA xabar berdi. 

Viza rejimi bekor qilingan mamlakatlar orasida Özbekiston ham bor. Şuningdek, röyxatdan BAA, Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Qatar, Kuvayt, Hindiston, Rossiya, Livan, Qirğiziston, Tojikiston, Tunis, Mavritaniya, Tanzaniya, Zimbabve, Mavrikiy, Seyşel orollari, Indoneziya, Bruney, Yaponiya, Singapur, Kamboja, Malayziya, Viyetnam, Braziliya, Peru, Kuba, Meksika, Venesuela, Bosniya va Hersegovina, Serbiya, Xorvatiya va Belarus ham joy olgan. 

Yangilik töğrisida Eron madaniy meros, hunarmandçilik va turizm vaziri Izzatulloh Zurğomiy Tehrondagi Vazirlar Mahkamasi yiğilişidan söng jurnalistlarga ma’lum qildi. 

Eron vazirining qayd etişiça, hukumat butun dunyoga mamlakat eşiklarini oçmoqçi. 

«Eron dunyo, odamlar bilan muloqot qilmoqçi, eronofobiya bilan kuraşmoqçi. Viza rejimining bir tomonlama bekor qilinişi Eronga bemalol keladigan çet el fuqarolari bilan muloqot qiliş uçun imkoniyatdir», deb ta’kidladi Zurğomiy. 

Vazir sözlariga köra, dastlab 60 mamlakat bilan viza rejimini bekor qiliş taklifi berilgan. Ammo yakunda 33 tasi ma’qullangan.