Respublikadagi asosiy yaylovlarning tabiiy ravişda yem-xaşak hosil qiliş salohiyati pasayib, yaroqsiz holatga kelib qolgan. Bu haqda Senatning Agrar va suv xöjaligi masalalari qömitasi majlisida ma’lum qilindi.
Ta’kidlanişiça, 4,2 mln gektar yaylovda geobotanik tadqiqotlar ötkazilib, degradatsiyaga uçragan maydonlarning xaritalari tayyorlangan hamda 420 ming gektar degradatsiyaga uçragan yaylovlarni qayta tiklaş va yaxşilaş böyiça amaliy işlar olib borilmoqda.
Respublikaning 21 mln gektar maydonini egallagan yaylovlarning 50 foizdan ortiği turli darajada inqirozga uçragan, asosiy yaylovlarning tabiiy ravişda yem-xaşak hosil qiliş salohiyati pasayib, yaroqsiz holatga kelib qolgan. Bu körsatkiç 2019 yilda 16,4 mln gektarni (umumiy yaylovlarning 78 foizi) taşkil qilgandi.
Yaylovlarda çorva mollarini almaşlab boqiş tizimi joriy etilmagani va çorva mollari soni keskin ortgani bois yaylov yerlari katta bosim ostida qolgan. Buning oqibatida ozuqabop yem-xaşak ösimlik turlari siyraklaşib, yöqolib ketiş darajasiga yetgan.
Qömita majlisida uşbu masalalarga oydinlik kiritiş maqsadida Vazirlar Mahkamasiga parlament sörovi yuboriş bir ovozdan ma’qullangan.
Oldinroq qişloq xöjaligi fanlari doktori, professor Usmon Norqulov yaylovlarda ösuvçi 1700 tur ösimlikning 200 turi hozirda umuman yöqolib ketgani haqida gapirgandi. Olimning ta’kidlaşiça, keyingi 50 yil içida yaylovlarda inqiroz kuçaygan. Bunga iqlim özgarişlari, tuproq eroziyasi va inson omili sabab bölmoqda.











