«Yaylovlarni muhofaza qiliş va ulardan oqilona foydalanişning zamonaviy mexanizmlarini joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga köra, Ipakçilik va jun sanoatini rivojlantiriş qömitasi tugatiladi. Ipakçilik qömitasining vazifa va funksiyalari quyidagi qömita va vazirliklarga ötkaziladi:
- yaylovlarni boşqarişga oid vazifa va funksiyalari – Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş qömitasiga;
- pilla yetiştiriş va ipakçilik sohasini rivojlantirişga oid vazifa va funksiyalari – Qişloq xöjaligi vazirligi hamda “Özbekipaksanoat” uyuşmasiga;
- Qorakölçilik va çöl ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti hamda Buxoro çöl-yaylov ozuqabop ösimliklar uruğçiligi ilmiy-işlab çiqariş markazi – Veterinariya qömitasi tizimiga;
- Ipakçilik ilmiy-tadqiqot instituti va Özbekiston tabiiy tolalar ilmiy-tadqiqot instituti – Qişloq xöjaligi vazirligi tizimiga.
Şuningdek, farmonga muvofiq quyidagilar taşkil etiladi:
- Veterinariya qömitasi muassisligida Qoraqalpoğiston, Buxoro, Jizzax, Qaşqadaryo, Navoiy, Samarqand va Surxondaryo yaylov xöjaliklari (hududiy yaylov xöjaliklari);
- Veterinariya qömitasi markaziy apparati tuzilmasida Yaylov xöjaligini rivojlantiriş boşqarmasi;
- Yaylov yerlaridan samarali foydalanişni taşkil etiş va ularni muhofaza qiliş, qorakölçilik, teri va jun sanoati sohalarini yanada rivojlantiriş böyiça respublika komissiyasi.
Hududiy yaylov xöjaliklari yaylov yerlarini boşqariş va ulardan foydalaniş, özlariga doimiy foydalaniş huquqi bilan berilgan yaylovlarni ijaraga beriş sohasida örmon xöjaliklari uçun belgilangan huquq va majburiyatlardan foydalanadi.
Yaylovlar çorvaçilik va boşqa xöjaliklarga Respublika komissiyasining qaroriga asosan töğridan töğri ijaraga berilişi mumkin.
Yaylovlar 49 yilgaça ijaraga beriladi.
2025 yil 1 dekabrgaça yaylovlardan samarali foydalanişni nazarda tutuvçi E-yaylov elektron platformasi işga tuşiriladi.

















