Yaponiyaning yirik savdo tarmog‘i O‘zbekistondan ishchi kuchi jalb etishni rejalashtiryapti
Yaponiyaning yirik savdo tarmog‘i O‘zbekistondan mehnat resurslariga qiziqish bildirmoqda.
O‘zbekiston elchisi Muhsinxo‘ja Abdurahmonov Yaponiyaning Seven-Eleven Japan Co., Ltd savdo tarmog‘i tarkibiga kiruvchi Seven Global Linkage kompaniyasi ijrochi direktori Makoto Yasuy bilan muzokara o‘tkazdi.
«Dunyo» xabariga ko‘ra, uchrashuvda o‘zbekistonlik mutaxassislarni ishga joylashtirish masalalari va qonuniy mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Kompaniya rahbarining aytishicha, hozir kunda Yaponiyadagi 20 mingga yaqin Seven-Eleven magazinlarida 40 ming chet ellik xodimlar, 30 ming talaba va 300 ming yapon universitetlari bitiruvchilarining bandligi ta’minlangan. 2022 yil ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur savdo tarmoqlarida ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolari soni Vetnam, Nepal va Xitoy vakillaridan keyingi o‘rinni egallaydi.
- Hozirgi kunda kompaniyada mehnat resurslari taqchilligi kuzatilmoqda, - dedi Makoto Yasuy. - Ushbu muammoni hal etish maqsadida O‘zbekistondan ishchi kuchlarini jalb etishni rejalashtiryapmiz. Ushbu yo‘nalishda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun O‘zbekistonning tegishli tashkilotlari bilan maqsadli muzokaralar olib borishga tayyormiz.
Mavzuga oid
19:55 / 11.11.2024
Yaponiyada Ishiba hukumatining yangi tarkibi tasdiqlandi
17:59 / 11.11.2024
Yaponiyaning asosiy meteorologik sun’iy yo‘ldoshi ishdan chiqdi
23:27 / 10.11.2024
Yaponiya Harbiy-dengiz kuchlariga tegishli kemada yong‘in chiqdi
20:03 / 08.11.2024