Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisida “2023 yil uçun Özbekiston Respublikasining Davlat budjeti töğrisidagi qonunga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş haqida”gi qonun loyihasi körib çiqildi.
Iqtisodiyot va moliya vaziri örinbosari Ahadbek Haydarovning tuşuntirişiça, “iqtisodiyotni erkinlaştirişga qaratilgan tarkibiy islohotlar, tarmoqlar, kiçik biznes va hududlarni rivojlantiriş dasturlarining amalga oşirilayotgani” va boşqa bir qator omillar joriy yilda davlat budjetining xarajatlari kutilganidan yuqori bölişiga sabab bölgan.
“Hukumat topşiriqlarining ijrosini ta’minlaş maqsadida respublika budjetidan birinçi darajali taqsimlovçilarga ajratiladigan mablağlarning çeklangan miqdorlari 24 trln 525 mlrd söm qöşimça xarajatlar hisobiga oşirilmoqda”, dedi u.
Ahadbek Haydarovning qöşimça qilişiça, joriy yilda ikki marta iş haqi, pensiya va nafaqalarning 7 foizdan oşirilişi, şuningdek, budjet taşkilotlari uçun kommunal tölovlar narxining qimmatlaşişi bilan boğliq xarajatlarga qöşimça 3 trln 740 mlrd söm ajratilişi belgilangan.
“Ijtimoiy sohani rivojlantiriş uçun qöşimça 7,5 trln söm mablağ yönaltiriladi. Xususan, ta’lim sohasiga 3,2 trln söm mablağ ajratilgan. Bunda umumta’lim maktablarida öquvçilar sonining oşişi hamda yuqori malakali öqituvçilarni rağbatlantiriş mexanizmlari işga tuşirilişi hisobiga iş haqi tölaş xarajatlari uçun 1 trln 528 mlrd söm, umumiy örta ta’lim muassasalarini yangi avlod darsliklari bilan ta’minlaş uçun qöşimça 456 mlrd söm, şu bilan birga maktabgaça ta’lim muassasalari sonining yil boşidagiga nisbatan 3 mingtaga ortişi hisobiga budjetdan 510 mlrd söm ajratilmoqda. Boğçalar ta’minoti uçun ota-onalarga kamaytiruvçi koeffitsiyentlar qöllanişi hisobiga bolalarni oziq-ovqat bilan ta’minlaş uçun qöşimça 130 mlrd söm ajratilmoqda”, dedi Ahadbek Haydarov.
Vazir örinbosarining ma’lum qilişiça, aholiga tibbiy xizmat körsatiş sifatini yaxşilaş maqsadida soğliqni saqlaş sohasiga ham qöşimça 1,7 trln söm yönaltiriladi. Bundan

















