Farg‘ona viloyati IIBning Kun.uz’ga xabar berishicha, tezkor qidiruv tadbirlari davomida quyidagi shaxslar qo‘lga olinib, tergov hibsxonasiga yuborildi:
Boymurodov Abdulaziz Shavkatjon o‘g‘li – 1998 yili Qo‘qon shahrida tug‘ilgan, muqaddam JKning 211-moddasi 1-qismi, 168-moddasi 3-qismi bilan sudlangan.

Akramov Faxriddin Farhodjonovich – 1991 yili Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. Qo‘qon shahrida 2020 yil yanvar oyida “Shedevr” nomli choyxonada sodir etilgan jinoyatga aloqador.

Begmatov Muzaffar Turg‘unovich – 1974 yilda Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. Muqaddam JKning 104- moddasi 1-qismi bilan sudlangan.

Kamolov Sunnatillo Ibrohimjon o‘g‘li – 2003 yilda Qo‘qon shahrida tug‘ilgan, muqaddam JKning 105-moddasi 2-qismi “i” bandi bilan sudlangan.

A’zamjonov Orifjon Ulug‘bek o‘g‘li – 2004 yili Qo‘qon shahrida tug‘ilgan, muqaddam JKning 166- moddasi 2-qismi “v” bandi bilan sudlangan.

Xalilov Umid Mashrabboyevich – 1983 yili Qo‘qon shahrida tug‘ilgan, muqaddam JKning 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan sudlangan.

Erkinov Abdulaziz Alijon o‘g‘li – 2001 yili Qo‘qon shahrida tug‘ilgan, muqaddam JKning 276- moddasi 1-qismi bilan sudlangan.

G‘aniyev Saidkamol Anvarjon o‘g‘li – 1994 yili Qo‘qon shahrida tug‘ilgan, muqaddam JKning 241-moddasi 1-qismi, 169-moddasi 3-qismi, 168- moddasi 3-qismi bilan sudlangan.

Alimov Laziz Ahmedovich –1986 yili Qo‘qon shahrida tug‘ilgan, muqaddam JKning 168- moddasi 3-qismi, 166-moddasi 2-qismi, 273-moddasi 5- qismi bilan sudlangan.










