AQŞ Kongressi noma’lum uçar jismlar (NUJ) haqidagi ma’lumotlarning sirini oçişga ruxsat beruvçi qonun loyihasini qöllab-quvvatladi. Bu haqda The New York Times xabar berdi.

Qayd qilinişiça, qonun AQŞ prezidenti Jo Bayden tomonidan imzolanganidan keyin kuçga kiradi. Yangilik noma’lum anomal hodisalar, kelib çiqişi noma’lum texnologiyalar va insoniy bölmagan aql bilan boğliq davlat hujjatlarining ommaga e’lon qilinişini nazarda tutadi.

Hujjatlar yaratilganidan keyin 25 yil içida naşr etilişi kerak, deyiladi qonunda.

Kongress tomonidan qabul qilingan qonun loyihasining yakuniy versiyasiga, agar prezident ma’lumotlar milliy xavfsizlikka tahdid solayotganini aniqlasa, uni yaşirişga ruxsat beruvçi band qöşildi.

Bungaça AQŞ Markaziy razvedka boşqarmasi (MRB) ön yillar davomida noma’lum uçuvçi jismlarni (NUJ) qidirib kelgan maxsus maxfiy bölimga ega edi.