Maktabdayoq unashtirilayotgan qizlar: bunday holatlar nazoratga olinishi aytildi
Ijtimoiy tarmoqlarda 2009 yilda tug‘ilgan qizning unashtiruvi deya e’lon qilingan video ortidan bunday holatlar kam emasligi ayon bo‘lmoqda. Buni rasmiylar ham tasdiqlayapti. Lekin voyaga yetmagan farzandini unashtirganlik uchun qonunlarda javobgarlik belgilanmagan.

Shu kunlarda Qashqadaryoning Ko‘kdala tumanida 7-sinf o‘quvchisining unashtiruvi deya talqin qilingan video keskin muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
Qizning ota-onasi rasmiylar bilan suhbatda bu yolg‘on ma’lumot ekanini, marosim unashtiruv emas, qizning tug‘ilgan kuni ekanini aytgan.
Jamoatchilik faollari esa bunga shubha bildirib, respublikamizning ko‘plab hududlarida erta unashtiruvning borligi: ular quloq tishlar, beshikketti, boshini bog‘lash kabi nomlar bilan hali-hanuz qo‘llanayotganini aytishmoqda.
Huquqshunos Kamola Aliyevaga ko‘ra, hozirda bunday vaziyatlarda ota-onalarga nisbatan huquqiy ta’sir chorasi qo‘llashning imkoni yo‘q.
“Qashqadaryo viloyatidagi holat – qonunchilik nuqtayi nazaridan hech qanday jazoga tortib bo‘lmaydigan holat. Unashtiruv degan gumon bilan borilgan, lekin nikoh o‘qitilgani yoki rasmiylashtirilgani haqida ma’lumot yo‘q. Videoda “baxtli bo‘linglar”, “qo‘sha qaringlar” degan tilaklarni ko‘ryapmiz. Bu tug‘ilgan kunlarda aytilmaydi. Bu yerda voyaga yetmagan qizning unashtiruv marosimi deb o‘yladik. Ammo qonunchilikda unashtiruv marosimini o‘tkazganlik uchun (garchi u voyaga yetmagan shaxs bilan bo‘lsa ham) javobgarlik belgilanmagan”, – deydi u.
Voqea yuzasidan surishtiruv o‘tkazgan Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova hududda bu kabi holatlar ro‘y berib turishini tasdiqlab, bundan keyin nazoratga olinishini aytdi.
Kun.uz suhbatlashgan surxondaryolik faollardan biriga ko‘ra, voha viloyatlarida 18 yoshga to‘lmagan qizlarni turmushga uzatish, yoshligidan unashtirib qo‘yish ko‘p uchraydi.
“Sariosiyo tumanida ham bunday holatlar ko‘p kuzatilyapti, lekin e’tibor berilmayapti. 2023 yilning o‘zida aynan shar’iy nikoh bilan Sarijar mahallasidagi 35-maktabda 2007 yilda tug‘ilgan qiz turmushga chiqdi. Kelajak sari mahallasidagi 19-maktabda 2 nafar 2006 yilda tug‘ilgan qizlar ham uzatildi.
2007 yilda tug‘ilgan qizning hozir qiz farzandi ham bor. 2006 yilda tug‘ilgan qizlarning birini tilxatlar bilan maktabga chiqarishdi, ikkinchisi turmushga chiqib ketdi”, – deya ma’lumot berdi u.
Tavsiya etamiz
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eronning uran boyitish zavodida deyarli barcha sentrifuga yo‘q qilingani aytildi
Jahon | 02:03
-
TIV Eron va Isroildagi o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi
O‘zbekiston | 01:07
-
Tramp oilasi 499 dollarlik «Oltin smartfon»ni sotuvga chiqaradi
Jahon | 00:30
-
“Eron urushni qabul qildi, endi ortga yo‘l yo‘q” – siyosatshunos
Jahon | 00:11
Mavzuga oid

18:12 / 15.06.2025
«Bolalar o‘limi eng og‘riqli joyimiz» - YHXX boshlig‘i bolalar qatnashgan YTHlar va statistika haqida

20:35 / 14.06.2025
Parkentda 3 bola suvga cho‘kib halok bo‘ldi

19:10 / 11.06.2025
Yangiyo‘lda yuk mashinasi velosipedchi bolani urib ketdi

17:14 / 11.06.2025