Polşaning yevropaparast yangi hukumati ommaviy axborot vositalari rahbariyatini işdan böşatdi. Qaror TVP telekompaniyasi, Polşa radiosi va PAP axborot agentligi boşqaruv va kuzatuv kengaşlariga taalluqlidir, deb xabar qildi Madaniyat va milliy meros vazirligi 20 dekabr, çorşanba kuni. Yangi boşqaruv a’zolarini saylaydigan kuzatuv kengaşlari ham tayinlangan. Köp ötmay, erta tongdan faqat bayram haqidagi syujyetlarni uzluksiz körsatib kelayotgan TVP Info yangiliklar kanali öçirildi.

Ommaviy teleradiodasturlar mazmunini qayta taşkil etiş va yönalişini özgartiriş Donald Tusk hukumatining ustuvor yönalişlaridan biri hisoblanadi, deya aniqlik kiritdi dpa agentligi. Polşadagi yangi hokimiyat OAVni «Qonun va adolat» partiyasi tomonidan tuzilgan milliy konservativ hukumatning partiyaviy taşviqotini tarqatişda ayblamoqda. 

Keça oqşom Polşa Seymi (mamlakat parlamenti) ommaviy axborot vositalarining «qonuniyligi va xolisligini tiklaş» töğrisidagi rezolyutsiyani qabul qildi. Unda aytilişiça, ular işonçli va xolis axborot beriş mandatini yöqotib, partiyaviy ommaviy axborot vositalariga aylangan. Teleradiokompaniyalar faoliyatiga mulkni boşqariş orqali jalb qilingan Madaniyat vazirligi va Davlat aktivlari vazirligi endi vaziyatni tuzatiş çoralarini körişi kerak böladi. 

Yevropa Polşa OAVni tanqid qilgan 

Xalqaro taşkilotlar Polşa davlat matbuotida saylov kampaniyasining bir yoqlama yoritilişini tanqid qildi. Yevropa komissiyasi tomonidan moliyalaştiriladigan Matbuot va ommaviy axborot vositalari erkinligi böyiça Yevropa markazi (ECPMF) hisobotida ta’kidlanişiça, Polşa rasmiy ommaviy axborot vositalari «butunlay hukmron «Qonun va adolat» partiyasi tarğibot bölimiga aylangan» va uning tanqidçilarini qoralaşda qatnaşgan. YeXHT saylovlarni kuzatiş missiyasi TVP’ni «öz reportajlarida «Qonun va adolat»ni aniq afzal körgani va şu bilan birga, muxolifatga nisbatan oçiq duşmanligi» uçun tanqid qildi. 

15 oktyabrda bölib ötgan saylovlardan söng hukumatdagi köpçilik Polşa sobiq boş vaziri va Yevropa kengaşi sobiq raisi Donald Tusk boşçiligidagi sobiq muxolifat kuçlarining uç partiyali ittifoqini tuzdi. Mamlakatni 2015 yildan beri boşqarib kelgan «Qonun va adolat» hokimiyatni yöqotdi.