Özbekistonda mudofaa va xavfsizlik xarajatlari 3,2 trillion sömga (260 million dollar) oşirildi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi va Senati tomonidan ma’qullangan «2023 yilgi davlat budjeti töğrisida»gi qonunga kiritilgan özgartirişlarda söz boradi.
Qonunçilik palatasi özgartiriş töğrisidagi qonunni 15 dekabrda, Senat esa 20 dekabrda ma’qullagan. Gazeta.uz yozişiça, mudofaa va xavfsizlik xarajatlarini oşirişga «yopiq qaror» bilan qaror qilingan.
Qayd etilişiça, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Içki işlar vazirligi, Milliy gvardiya, Bojxona qömitasi, Davlat zaxiralarini boşqariş qömitasi va boşqa taşkilotlar xarajatlari 1,91 trillion sömga oşgan — 36,06 trillion sömdan 37,97 trillion sömga (3,07 milliard dollar) ösgan.
Mudofaa xarajatlari boşqa xarajatlarni kamaytiriş hisobiga 3,2 trillion sömga oşirilgan. Xususan, Bojxona qömitasi va Davlat zaxiralarini boşqariş qömitasi («Özdavzaxira») Iqtisodiyot va moliya vazirligi tuzilmasiga ötkazilişi munosabati bilan xarajatlar mos ravişda 944,4 milliard söm va 64,5 milliard sömga qisqartirilmoqda.












