Poytaxtda faoliyat körsatuvçi tadbirkor Toşkent şahar soliq boşqarmasi xodimlari xatti-harakatidan norozi bölib Biznes-ombudsmanga murojaat qilgan.

Aniqlanişiça, Toşkent şahar soliq boşqarmasi tomonidan kameral soliq tekşiruvi ötkazilib, jamiyat hisob raqamidan qariyb 400 mln söm yeçib olingan.

Murojaatda körsatilgan masala yuzasidan soliq organiga yuborilgan qonuniy talablar asosida tadbirkor hisob varaqasida mavjud bölgan foyda soliği böyiça 340,9 mln söm va SORJ (Soliq organlarini rivojlantiriş jamğarmasi) böyiça 53,6 mln söm mablağlarni jamiyat hisob raqamiga qaytariş yuzasidan soliq organi tomonidan xulosalar tayyorlanib, tuman ğaznaçilik bölimiga yuborilgan. Natijada pul mablağlari jamiyat hisob raqamiga qaytgan.