Umerov: UQKda safarbarlik faqat urush tugaganidan keyin yakunlanadi
Ukraina jamiyati Rossiya tomonidan egallab olingan hududlarni qanday qilib qaytarib olish kerakligini tushunishi kerak, chunki harbiylar 1991 yilgi chegaralarga qaytish niyatida, dedi Ukraina Mudofaa vazirligi rahbari.

Foto: Oleksandr Magula/Suspіlne
Ukraina armiyasini demobilizatsiya qilish haqida faqat Rossiya boshlagan urush tugaganidan keyin gapirish mumkin. Bu haqda Ukraina mudofaa vaziri Rustem Umerov 24 dekabr, yakshanba kuni chop etilgan «Suspilne»nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Rossiya armiyasi jangni davom ettirmoqda, shuning uchun Kiyev ikki yildan beri frontda bo‘lgan UQK askarlariga dam olishi yoki qisman ozod bo‘lishi uchun qanday qoidalar paydo bo‘lishini tushunishiga imkon beradigan yechim topdi, dedi vazir. «Biz bu borada qonuniy va texnik jihatdan ishlayapmiz», dedi Ukraina Mudofaa vazirligi rahbari.
Kiyevning maqsadi - 1991 yilgi chegaralarga qaytish
«Biz 1991 yil chegaralariga qaytishga erishmoqchimiz. Jamiyat sifatida yerlarni qanday qaytarib olishimizni tushunishimiz kerak», - deydi Umerov. «Biz «demobilizatsiya» so‘zini faqat urush tugaganidan keyin ishlatishimiz mumkin», dedi vazir.
Umerovning qo‘shimcha qilishicha, Ukraina Mudofaa vazirligi harbiy xizmatga majbur bo‘lgan fuqarolarga hududiy chaqiruv markazlariga xabar berish zarurligi to‘g‘risida elektron xabarnoma yuborish imkoniyatini o‘rganmoqda. Xorijda yashovchi ukrainaliklar ham xuddi shunday elektron taklifnomalarni oladi, dedi u.
Umerovning ukrainaliklar chet eldan harbiy xizmatga chaqirilishi haqidagi bayonoti
Ukraina mudofaa vaziri avvalroq Bild, Welt TV va Politico nashrlariga bergan intervyusida Ukraina hukumati Rossiyaga qarshi urush uchun yangi askarlarni izlash niyatida ekani, 2024 yildan harbiy xizmat uchun zaxiradan chet eldagi 25 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan ukrainalik erkaklarni chaqirishni rejalashtirgani haqida aytgan edi. Oradan ko‘p o‘tmay, u rahbarlik qiladigan idora Umerovning so‘zlarini inkor etib, «kun tartibida chet eldan harbiy xizmatga chaqirish masalasi muhokama qilinmaganini» bildirdi.
Ukraina Mudofaa vazirligi matbuot va axborot boshqarmasi boshlig‘i Illarion Pavlyukning so‘zlariga ko‘ra, vazir, umuman olganda, yollash va xorijdagi ukrainaliklarga armiya safiga qo‘shish qanchalik muhimligini tushuntirish zarurligi haqida gapirgan. Shu bilan birga, Ukraina prezidentining idorasi ukrainalik qochqinlarni chaqirish g‘oyasini ma’qulladi.
Kiyev yana 500 ming kishini harbiy xizmatga chaqirmoqchi
19 dekabr kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy yil yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida Kiyev qo‘shimcha 500 ming kishini harbiy xizmatga jalb qilmoqchi ekanligini aytdi. Oliy rada tegishli qonun loyihasini ishlab chiqishga kirishdi.
Tavsiya etamiz
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
Hozirda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlar o‘qishini qay tartibda davom ettiradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 17.06.2025
Qo‘rquv, shok va sarosima: Eronda nimalar bo‘lmoqda?
Jahon | 19:57 / 16.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tarvuz tarkibidagi nitratlar: hozirgi tarvuzlarni yesa bo‘ladimi?
Jamiyat | 17:57
-
AKFA Group "AKFA Medline Social" nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi
Jamiyat | 17:01
-
Isroil va Eron qarama-qarshiligi: voqealar rivojining eng yomon ssenariylari qanday?
Jahon | 16:36
-
Saudiya Arabistoni O‘zbekiston fuqarolari uchun onlayn viza berishni tikladi
O‘zbekiston | 16:33
Mavzuga oid

14:30
Rossiya Ukraina bilan Istanbul kelishuvlarini amalga oshirishga to‘liq tayyorligini ma’lum qildi

11:57
Kiyevga harbiy yordam ishi: Slovakiyada 8 kishi qo‘lga olindi

10:55
Putin Zelenskiy bilan uchrashishga tayyorligini aytdi

11:30 / 18.06.2025