Özbekiston Respublikasida yangi avtomototransport vositalarini çakana sotiş tartibini yanada takomillaştiriş hamda iste’molçilarning huquq va manfaatlarini himoya qiliş maqsadida Vazirlar Mahkamasining qarori (25.12.2023, №683) qabul qilindi.

Qaror bilan, Özbekiston Respublikasida çakana savdo qoidalari quyidagi mazmundagi 119–1-band bilan töldirildi:

«119–1. Sotuvçi oldi-sotdi şartnomasini tuzişda barça iste’molçilarga teng imkoniyatlarni yaratadi.

Agar bozorda ustun mavqega ega sotuvçida özi tomonidan işlab çiqarilgan avtomototransport vositasini sotişda içki bozordagi talabni qondiriş imkoniyati mavjud bölmaganda, bir şaxs bilan 12 oy davomida avtomototransport uçun ikkitadan ortiq şartnoma tuzilganda, sotuvçi keyingi 12 oy mobaynida uşbu mahsulot uçun qayta şartnoma tuzişdan boş tortiş huquqiga ega».

Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqega ega korxonalar röyxatida yengil avtomobillar sotiş böyiça UzAuto Motors ustun mavqega ega ekani belgilangan.

Şundan kelib çiqib, bu band amalda UzAuto Motors 12 oy içida bitta rusumdagi xaridorgir avtomobil uçun 2 ta şartnoma olgan mijozlar bilan keyingi 12 oy davomida xuddi şu rusumdagi avtomobil uçun şartnoma tuzmaslik huquqiga ega bölişini anglatadi.

Avvalroq UzAuto Motors agar bir şaxs nomiga yiliga bir xil model uçun 2 tadan ortiq avtomobil xarid qilinsa, har bir keyingi avtomobil «navbatning oxiriga ötişi» hamda avtomobillarni yetkazib beriş muddati 120 kunga oşişini eslatib ötgandi.