Latviya mast haydovchilardan olib qo‘yilgan 271 ta avtomobilni Ukrainaga topshirdi
Fevral oyidan boshlab Latviyada mast haydovchilardan musodara qilingan avtomobillarni Ukrainaga jo‘natish imkonini beruvchi tuzatishlar kuchga kirdi.
2023 yil fevralidan beri Latviya mast holda haydagani uchun fuqarolardan musodara qilingan 271 ta mashinani Ukrainaga topshirdi. Bu haqda 24 dekabr kuni Delfi Latviya Respublikasi Davlat daromad xizmatiga tayanib xabar berdi.
Ukrainaga o‘tkazilgan mashinalarning umumiy qiymati 900 ming yevrodan oshadi. 160 ming yevroga teng yana 34 ta mashinani berish masalasi ko‘rib chiqilmoqda, deya aniqlik kiritdi nashr.
Fevral oyida Latviya Seymi Ukrainaning tinch aholisini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirish kiritdi. U Latviyaga Ukraina Qurolli kuchlari va urushdan jabrlangan ukrainaliklarga yordam berish uchun musodara qilingan avtomashinalarni Ukraina hukumati mulkiga topshirishga imkon beradi.
Latviyada mast holda haydaganlik uchun jazo sifatida avtomashinani musodara qilish avval ham qo‘llangan – respublikada tegishli qonun 2022 yilning noyabridan boshlab amal qiladi. Biroq, avtomashinalarni topshirish orqali Latviya hukumati Ukrainani Rossiyaga qarshi kurashda qo‘llab-quvvatlamoqchi.
Latviya Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishga chaqirmoqda
Noyabr oyi o‘rtalarida Latviya prezidenti Edgars Rinkevichs Ukrainaga G‘arb davlatlaridan yordam ko‘rsatishning kamayishi kuzatilganiga e’tibor qaratdi, bu boshqa narsalar qatori Falastin-Isroil mojarosining kuchayishi fonida boshlangan.
Rinkevichs ukrainaliklar mag‘lub bo‘lmasligi va Rossiyani kelajakda boshqa davlatlarga tahdid solmasligi uchun mamlakatlarni Kiyevni qurol-yarog‘ bilan ta’minlashda davom etishga chaqirdi. «Xalqaro tinchlik va Yevropada tinchlik uchun haqiqatdan ham kurashish muhim, chunki agar biz Ukrainada Rossiyani to‘xtatsak, Rossiya boshqa davlatlarga qarshi chiqa olmaydi», dedi u Associated Press'ga.
Rinkevichsning ta’kidlashicha, Rossiya o‘z iqtisodiyoti, resurslari va harbiy texnikasini «juda uzoq urush uchun» safarbar qilmoqda. Riga Latviya navbatdagi harbiy nishonlaridan biriga aylanishidan xavotirda, ayniqsa Rossiya rahbariyatining respublika rasmiylari rusiyzabon aholiga nisbatan go‘yoki yomon munosabatda bo‘layotgani haqidagi bayonotlari fonida.
Mavzuga oid
17:24
The Times: Kiyev bir necha oy ichida oddiy atom bombasini yaratishi mumkin
16:08
Blinken: AQSh Tramp kelishidan oldin Ukrainaga yordamni kuchaytiradi
10:46
Tramp Ukraina bo‘yicha muzokaralar uchun maxsus vakil tayinlaydi
22:44 / 13.11.2024