Özbekiston buğdoy sotib olişda Qozoğistonning asosiy hamkori bölib turibdi. 2023 yilda Özbekiston qöşni davlatdan deyarli 2 mln tonna buğdoy import qilgan. Bu haqda Qozoğiston milliy statistika byurosi ma’lumotlariga tayanib, APK News xabar berdi.
Qayd qilinişiça, Qozoğiston buğdoyi eksporti 24 foizga ösdi. 2023 yil yanvar-oktyabr oylarida 3,8 mln tonna buğdoy eksport qilindi, bu 1 mlrd dollar daromad keltirdi.
MDH mamlakatlariga 2,7 mln tonna buğdoy yuborildi. Ösiş 29 foizni taşkil etdi. Eng katta hajm Özbekistonga yuborildi — qariyb 2 mln tonna, ösiş 40 foizga teng böldi. Ikkinçi örinda Tojikiston – 404 ming tonna, uçinçi örinda Turkmaniston – 230 ming tonna.
Şuningdek, qozoq buğdoyi Afğoniston, Xitoy, Italiya va Turkiyaga ham eksport qilindi.Qozoğiston, qişloq xöjaligi, buğdoy












