Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Retsepsiz beriladigan dorilar ro‘yxatini tasdiqlash amaliyoti bekor qilinadi
Qonunchilik palatasi Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasida Vazirlar Mahkamasi tomonidan kiritilgan farmatsevtika sohasidagi qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi dastlabki tarzda ko‘rib chiqildi.
Qonun loyihasi bilan “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi hamda “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlarning ayrim normalariga tegishli o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Sog‘liqni saqlash vazirligi vakolatidan retsepsiz beriladigan dori vositalari ro‘yxatini yiliga kamida bir marta tasdiqlash normasi va unga aloqador bo‘lgan bandlar chiqarilmoqda.
Natijada dori vositalari Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi chog‘ida “Dori vositalarini retsept bilan va retsepsiz beriladigan dori vositalari toifasiga kiritish tartibi to‘g‘risidagi nizom” asosida uning retsepsiz yoki retsept asosida berilishiga oid toifasi aniqlanadi. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan dori vositasi avtomatik shakllantirilib boriladigan ro‘yxatda qayd etilib, veb-saytga joylashtiriladi.
Shu bilan birga, qonun loyihasida dori moddalari (substansiyalar)ni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga oid normani bekor qilish ham nazarda tutilmoqda. Chunki bugungi kunda dori vositalarini ishlab chiqarish amaliyotiga joriy qilingan xalqaro standartlar (GMP) va sifat nazoratiga qo‘yilgan talablar doirasida substansiyalarni nazorat qilishning alternativ mexanizmlari joriy etilgan.
Mavzuga oid
11:35 / 10.06.2026
Qariyb 900 mln so‘mlik sifatsiz va hujjatsiz dorilar aniqlandi
08:15 / 04.06.2026
2030-yillarda yangi tish o‘stiruvchi dori bozorga chiqishi mumkin
17:11 / 19.05.2026
Andijonda qo‘lbola tarzda dori vositalari ishlab chiqarayotgan yashirin sex fosh etildi
21:30 / 24.04.2026