Özbekistonda, ayniqsa Toşkentda havoning ifloslanib borişi sönggi 2-3 yil içida köproq kuzatilyapti. Havo tarkibi tahliliga qaralsa, zaharli havoning asosiy qismi PM2.5 dispers zarraçalari ekani oydinlaşadi. Bu zarraça ayrim kunlari poytaxt havosida me’yoridan 40-50 marta köpayib ketadi.
PM zarraçalari nima? Aynan PM2,5 nega inson uçun juda xavfli, bu zarraça köp bölgan havodan nafas oliş qanday oqibatlarga sabab böladi? Kun.uz muxbiri bu borada Soğliqni saqlaş vazirligi Sanitariya, gigiyena va kasbiy kasalliklar ilmiy–tadqiqot instituti katta ilmiy xodimi Aqida Nosirovaga murojaat qildi.
Mutaxassisning ma’lumot berişiça, havo tarkibidagi muallaq zarraçalar asosan sanoat korxonalari, quriliş jarayonlari, avtotransport harakati natijasida hosil böluvçi mayda dispers zarraçalar hisoblanadi. Ular ölçamiga qarab, RM10, PM4, RM2,5 va PM1 gaça böladi. Bular orasida organizm uçun eng zararli diametr bu – PM10 dan pasti hisoblanadi.
“PM10 diametrdagi mayda dispers zarraçalar yuqori nafas yöllaridan ötib, bronxlargaça yetib boradi. PM2.5 esa bu öta mayda dispersli zarraçalar bölgani uçun bu gaz almaşinuvi sabab sodir böladigan öpkadagi alveolalardan qongaça ötib, öpka va töqimalarda yiğilişni boşlaydi va modda almaşinuviga ta’sir qiladi”, – deydi u.
Aqida Nosirovaga köra, mayda dispers zarraçalar bu hujayra membranasidan ham ötib borgani uçun barça töqimalarda yiğilişi va bu surunkali davom etişi oqibatida nafas yöllarining surunkali yalliğlanişi, surunkali allergik kasalliklar, toksikologik kasalliklar, hatto saratongaça sabab bölişi mumkin.
Ma’lumot uçun, Toşkent şahri havosi tarkibida PM2.5 dispers zarraçalari 21 dekabr kuni esa 57 barobarga ösgani ma’lum bölgan edi.












