“Iste’mol bozorlarida asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining barqarorligini ta’minlaş çora-tadbirlari töğrisida” prezident farmoni qabul qilindi.

Farmon bilan, 2022 yil 31 maydagi PF-145-sonli farmonning 1-ilovasida hamda 2023 yil 23 martdagi PF-41-sonli farmonning ilovasida keltirilgan tovarlarga import bojxona bojining nol stavkasini qöllaş muddati 2025 yil 1 yanvarga qadar uzaytirildi. Bungaça bu muddat 2024 yil 1 yanvargaça edi.

Bojsiz rejim amal qilayotgan tovarlar qatoriga baliq, göşt, un, ösimlik yoği va boşqa yoğlar, quyultirilgan sut, qaymoq, sariyoğ, yogurt, pişloq, tvorog, tuxum, banan, sitrus mevalar, yangi yoki quritilgan xurmo, yangi olma, nok, behi, çoy, kofe, yormalar, xamirturuş, qandolat mahsulotlari, murabbolar, makaron mahsulotlari va boşqalar kiradi.

Yangi farmonga köra, ular qatoriga 2024 yil 1 yanvardan 2025 yil 1 yanvargaça quyidagilar ham qöşiladi (Özbekistonga olib kirişda bojxona bojining nol stavkasi qöllanadi):

  • yangi söyilgan, sovutilgan yoki muzlatilgan uy parrandasi göşti va qöşimça ozuqabop mahsulotlar (TIF TN kodi 0207);
  • kimyoviy tarkibi özgartirilmagan holda tozalangan yoki tozalanmagan kungaboqar, maxsar yoki paxta moyi va ularning fraksiyalari (TIF TN kodi 1512).

Avvalroq Kun.uz suhbatlaşgan iqtisodçilar bu imtiyozning muddati tugaşi oziq-ovqatlar narxi oşişiga olib kelişi mumkinligi va imtiyozni muddatli emas, doimiy qilib belgilaş zarurligini aytgandi.