Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda svetoforda to‘xtab turgan Nexia yonib ketdi
Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida 28 dekabr kuni svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtab turgan Nexia-2 avtomobilida yong‘in chiqdi. Bu haqda «Zamon» informatsion dasturida ma’lum qilindi.
Nexia haydovchisining so‘zlariga ko‘ra, yong‘in kutilmaganda yuz bergan va u sherigi bilan o‘zini chetga olgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda yonayotgan mashina harakatlanib borib, boshqa bir avtomobilga urilgani va unga ham shikast yetkazgani aks etgan.
«Mashinam qiyalikda turgandi, alangani ko‘rib qo‘l tormozni tortishni esdan chiqardik. Bizning aybimiz beye’tibor bo‘lib, mashinani o‘z vaqtida texnik ko‘rikdan o‘tkazmaganimizda bo‘ldi», — deydi haydovchi.
Hodisa joyiga bitta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib kelgan va ular olovni o‘chirgan.
Hodisa oqibatida jarohatlanganlar yo‘q, Nexia to‘liq yonib ketgan.
Mavzuga oid
17:56
Toshkentda YTH oqibatida Lacetti ikkiga bo‘linib ketdi
11:56
Doniyor Turg‘unov ustidan sud boshlandi: avtomobilni olib qochish moddasi ayblovdan chiqarilgan
16:44 / 29.06.2026
Andijonda Malibu piyodalar yo‘lidan o‘tayotgan uch kishini urib ketdi
13:57 / 25.06.2026