1 yanvar, duşanba kuni Rossiya Federatsiyasida harbiy röyxatga oliş sohasidagi özgarişlar kuçga kirdi, u çaqiruv yoşini oşirişni nazarda tutadi. Endi 18 yoşdan 30 yoşgaça bölgan erkaklar armiyaga çaqirila boşlaydi.

Ekspertlar hisob-kitoblariga köra, bunday özgartiriş harbiy xizmatga çaqiriladigan Rossiya fuqarolari sonini 2 million kişiga oşirişi mumkin. Şu paytgaça muddatli harbiy xizmatçilarning maksimal yoşi 27 yoş edi.

Qonun hujjatlariga kiritilgan özgartirişlar 

Rossiya Federatsiyasi Davlat dumasi 2023 yil 25 iyulda qonun hujjatlariga tegişli özgartirişlarni uçinçi öqişda qabul qildi. Hujjatning asl nusxasida pastki çegara bir vaqtning özida - 18 yoşdan 21 yoşgaça kötarilişi közda tutilgandi. Ammo iyul oyida Dumaning Mudofaa qömitasi rahbari Andrey Kartapolov çaqiruv yoşining quyi çegarasi özgarmasligi va faqat yuqori çegara kötarilişini ma’lum qildi. 

Keyinroq, 24 noyabr kuni Rossiya hukumati harbiy röyxatga oliş sohasidagi me’yoriy-huquqiy bazani parlament tomonidan qabul qilingan qonunçilikdagi özgarişlarga muvofiqlaştiriş töğrisidagi qarorni tasdiqladi. 

Rossiya mudofaa vaziri Sergey Şoygu 2022 yil oxirida harbiy xizmatga çaqiriliş yoşini 18-27 yoşdan 21-30 yoşga özgartirişni taklif qildi. Harbiy çaqiruv yoşining çegaralari bosqiçma-bosqiç özgartirilişi taxmin qilingan edi, ammo Rossiya hukumati har qanday ötiş davridan voz keçdi.