Germaniya Ukrainaga yetkazib bergan 18 ta Leopard-2A6 tankidan faqat kiçik bir qismi jangovar tayyor holatda, şuning uçun «Yaşillar» nemis partiyasining mudofaa budjeti böyiça eksperti Sebastian Şefer ularni ta’mirlaş uçun zudlik bilan çora körişga çaqirdi. «Afsuski, tan olişimiz kerakki, Ukrainaga yetkazib berilgan tanklarning juda kiçik qismigina jangovar foydalaniş uçun yaroqli bölib qolmoqda. Ta’mirlaş juda uzoq davom etadi, çunki Litvada ta’mirlaş zavodida butlovçi qismlar yetarli emas», - deya undan iqtibos keltirgan dpa agentligi 2 yanvar, seşanba kuni Şeferning 2023 yil oxirida Rheinmetall va KMW mudofaa konsernlariga yuborgan xatidan.

Şefer Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius bilan birgalikda rojdestvo oldidan Litvada joylaşgan zavodga taşrif buyurdi. «Ehtiyot qismlar bilan boğliq vaziyatni yaxşilaş uçun şoşilinç çoralar köriş zarur», deb ta’kidladi «Yaşillar» partiyasi eksperti öz xatida. 

Tanklarni ta’mirlaş bilan boğliq muammolar

Şu bilan birga, u Ukraina armiyasining «Leopardlar»ni mustaqil ravişda ta’mirlaşga urinişi ularga yanada köproq zarar yetkazilişiga olib kelganini ta’kidladi. Sebastiyan Şefer Ukrainaning özida mexaniklarni tayyorlaşni yaxşilaş, körsatmalar beriş yoki tanklarni ta’mirlaş orqali bunday buzilişlarning oldini oliş mumkinligini örganişni taklif qildi.

Mart oyida Germaniya hukumati uzoq ikkilanişdan söng Bundesver arsenalidan 18 ta Leopard-2 tankini Ukrainaga topşirdi. Uşbu texnika Kiyevga Rossiya hujumini qaytariş uçun yordam dasturi doirasida taqdim etilgan. Ukrainaga yetkazilgan deyarli barça «Leopardlar»ga janglarda zarar yetgan hamda şiddatli otişma tufayli eskirgan.