Jahon | 10:27 / 02.01.2024
10157
3 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada kuchli zilzila oqibatida sunami va qurbonlar qayd etildi

1 yanvar kuni Yaponiyaning markaziy hududlarida 7,6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Tsunami to‘lqinlari mamlakat qirg‘oqlarigacha yetib keldi.

Foto: AFP 2023 / YUSUKE FUKUHARA

Yaponiyada mamlakatning markaziy qismida sodir bo‘lgan kuchli zilzila oqibatida kamida 4 kishi halok bo‘ldi. Isikava prefekturasi ma’muriyati shunday ma’lumotlarni 1 yanvar, dushanba kuni taqdim etdi.

Bundan tashqari, qirg‘oq bo‘ylab sodir bo‘lgan silkinishlar sunamiga sabab bo‘lgan. Milliy meteoxizmat 3-5 metrgacha bo‘lgan to‘lqinlar xavfi haqida ogohlantirdi. Shu kuni ertalab Vadzima shahri yaqinidagi qirg‘oqda balandligi bir metrdan ortiq to‘lqinlar qayd etilgan. 

Qutqaruv xizmatlari qirg‘oqbo‘yi hududlaridagi odamlarni balandroq joyga ko‘chishga chaqirdi. Mintaqadagi atom elektr stansiyalariga zarar yetmagan, biroq 36 mingdan ortiq xonadon elektr energiyasisiz qolgan. Zilzila aks-sadolari binolar silkinishni boshlagan Tokioda ham sezildi. Mamlakatning ayrim hududlarida telefon tarmoqlari va internetda uzilishlar kuzatildi. Rasmiylar yetkazilgan zarar miqdorini aniqlamoqda. 

Tsunami haqida ogohlantirishlar 

Meteoxizmat ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila magnitudasi 7,6 ni tashkil qilgan. Zilzila episentri Noto mintaqasida joylashgan. Hammasi bo‘lib magnitudasi 4,0 dan yuqori bo‘lgan 21 ta silkinish qayd etilgan. Isikava, Yamagata, Niigata, Toyama, Fukui va Xiogo prefekturalari sunami xavfi haqida ogohlantirildi. Toxoku, Joetsu va Xokuriku yo‘nalishlarida tezyurar poyezdlar harakati to‘xtatildi. 

Saxalinning g‘arbiy qirg‘oqlari sohilbo‘yi qismida, Vladivostok va Naxodkada ham sunami xavfi e’lon qilindi. 

2011 yil 11 mart kuni Yaponiyaning sharqiy qirg‘oqlarida 9,0 magnitudali zilzila kuzatilib, kuchli sunami keltirib chiqardi va 20 mingga yaqin odamning hayotiga zomin bo‘ldi. Tabiiy ofat «Fukusima» AESdagi falokatga ham olib keldi - 1986 yilda Chernobil fojiasidan keyingi eng yirik yadroviy avariya. 

Yaponiya Tinch okeani vulqon halqasi - okeanning eng faol vulqonlar joylashgan va ko‘plab zilzilalar sodir bo‘ladigan perimetri atrofida joylashgan. Hammasi bo‘lib, bu zonada Yerda ma’lum bo‘lgan faol 540 ta vulqondan 328 tasi yerusti vulqonlari mavjud. Yaponiya zilzilalardan eng ko‘p zarar ko‘radigan davlatlar qatoriga kiradi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid