2024 yil 1 yanvaridan boşlab Uolt Disney kompaniyasi multfilmi qahramoni, siçqonça Mikki jamiyat mulkiga aylandi, bu unga bölgan mualliflik huquqi muddati yakunlanişi bilan boğliq. AQŞ qonunçiligiga köra, mualliflik huquqi 95 yil amal qiladi. 

Mualliflik huquqi egasi Disney kompaniyasining barça sa’y-harakatlariga qaramay, bundan buyon dunyodagi eng maşhur kemiruvçi tasviridan rejissyorlar, ssenariynavislar va rassomlar bepul foydalanişi mumkin böladi. Biroq, gap faqat birinçi marta 1928 yilda ekranlarga çiqqan «Villi kemasi» qisqa metrajli filmining oq-qora tasviridagi Mikki haqida ketmoqda. Siçqonçaning boşqa, jumladan rangli tasvirlari hozir ham qonun himoyasida. 

Qayd qilinişiça, AQŞ mualliflik huquqi töğrisidagi qonunga köra, bunday huquq 95 yil davomida amal qiladi. Bu aynan Disney kompaniyasi sa’y-harakatlari bilan boğliq. Uşbu kompaniya tarix davomida mualliflik huquqi töğrisidagi qonunga özgartiriş kiritiş böyiça köp marta muvaffaqiyatli harakat qilgan. Şu sababli, uşbu qonun ba’zan kinoya bilan «Mikki Mausni himoya qiliş töğrisidagi qonun» deb ham ataladi. 

Mualliflik huquqi nuqtai nazaridan «himoyasiz» qolgan siçqonçani nima kutayotganini avvalroq Vinni Puh bilan yuz bergan voqea misolida tasavvur qiliş mumkin. 2022 yilda Alan Miln qalamiga mansub kitobning mualliflik huquqi muddati yakuniga yetgaç, Vinni va uning şerigi Puçuqvoy haqida kattalar uçun möljallangan «Vinni Puh: qon va asal» dahşatli filmi suratga olindi. Bu kino olamida köplab bahs-munozaralarga sabab böldi. 

Biroq, Mikki yaxşiroq himoyalangan. U Disney kompaniyasining savdo, korporativ belgisi va brend identifikatori bölib qoladi va qonun tomonidan himoya qilinadi. Ammo, endi faqat rangli talqinida.