O‘zbekiston | 10:14 / 05.01.2024
6737
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda «qizil» toifaga kiritilgan maktablar soni kamaydi

“Qizil” toifaga kiritilgan maktablar soni 1526 tadan 404 ta kamaytirildi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ma’lumot berdi.

Foto: Kun.uz

Qayd etilishicha, 2023 yilda investitsiya va boshqa qo‘shimcha dasturlar doirasida 563 ta maktabda qurish-ta’mirlash amalga oshirildi va 120 mingga yaqin yangi o‘quv o‘rinlari yaratildi. Qariyb 115 ming o‘rinli o‘quv binolari mukammal ta’mirlandi.

11-sinf bitiruvchilarining 12 minga yaqini oltin, 2 mingdan ortig‘i kumush medal bilan taqdirlandi.

Boshlang‘ich sinflar uchun qariyb 500 nomdagi, boshqa sinflar uchun Kembrij, Klett, Dider xalqaro nashriyotlarining mahalliylashtirilgan 88 nomdagi darsliklari tatbiq etildi. O‘quvchilar uchun 63 mln nusxadan ortiq darsliklar chop etildi.

Maktab o‘quvchilari 5 ta eng nufuzli xalqaro fan olimpiadalarida jami 13 ta, boshqa xalqaro olimpiadalarda 52 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Inklyuziv ta’lim joriy etilgan maktablar soni 415 taga, ulardagi o‘quvchilar soni 736 nafarga yetkazildi. Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning 153 nafari uy-joy bilan ta’minlandi.

Maktab bitiruvchilarning OTMga kirishdagi o‘rtacha bali 77,1 ballga yetkazildi, davlat granti o‘rinlarining 77 foizi maktablarni joriy yil bitirganlar hissasiga to‘g‘ri keldi.

Mavzuga oid