Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Germaniya migratsiya sohasida hamkorlikni kengaytirishni rejalashtiryapti
O‘zbekiston va Germaniya savdo-iqtisodiy hamda investitsiyaviy aloqalarni chuqurlashtirishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov Germaniya elchisi Tilo Klinner bilan muzokaralar o‘tkazdi.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi hamkorlikning 2023 yildagi yakunlari sarhisob qilinib, avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, o‘zaro manfaatli sheriklikni yanada kengaytirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni chuqurlashtirish, jumladan, GSP+»tizimi doirasida o‘zaro savdoni diversifikatsiya qilish, Germaniyaning yetakchi kompaniyalari va texnologiyalarini jalb qilgan holda O‘zbekistonda yirik qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdan ikki tomon ham birdek manfaatdor ekanligi bildirildi.
Uchrashuvda madaniy-gumanitar, ta’lim va migratsiya sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalari ham muhokama qilindi.
Mavzuga oid
18:43 / 08.07.2026
Rossiyada chet el fuqarolarining yashashi qoidalarini kuchaytiradigan qonun qabul qilindi
11:55 / 02.07.2026
O‘zbekistonga pul o‘tkazmalarida Rossiyaning ulushi pasayishda davom etmoqda
12:17 / 30.06.2026
1,6 mln o‘zbekistonlik ishi tufayli ro‘yxatga olish vaqtida doimiy yashash joyida bo‘lmagan
20:27 / 26.06.2026