Saudiyaning ACWA Power kompaniyasi bilan pilot loyiha doirasida Toşkentga ikkita vodorod avtobusi (vodorobus) keltiriladi. Bu haqda Gazeta.uz ma’lum qildi.

Şavkat Mirziyoyev noyabr oyi oxirida Toşkent viloyatida «yaşil vodorod»ni «pilot» tarzda işlab çiqariş quvvatlarini barpo etişni boşlab bergandi. 

Uşbu «pilot» loyiha doirasida mamlakatda birinçi bosqiçda 3 ming tonna vodorod işlab çiqariladi va keyinçalik mineral öğitlarga qayta işlanadi, şuningdek, 52 megavattlik şamol elektr stansiyasi quriladi. 

2022 yil iyun oyida Özbekiston ammiak va vodorodli yonilği elementlaridan foydalangan holda vodorod gazida harakatlanuvçi transport vositasining tajriba namunasini işlab çiqişni rejalaştirayotgani xabar qilingandi.