YeK rahbari: Ukrainaga yordam - YeI kengashining ustuvor yo‘nalishi
«Biz zudlik bilan Ukrainaga moliyaviy yordamimizni barqarorlashtirish uchun oldinga siljishimiz kerak», dedi fon der Lyayyen.
Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen Ukrainaga makromoliyaviy yordamni Belgiyaning Yevropa Ittifoqi kengashiga raisligida «eng strategik» ustuvor yo‘nalishlardan biri deb atadi. «Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi bo‘yicha muzokaralarni boshlash haqidagi tarixiy qarordan so‘ng, biz zudlik bilan bu davlatga moliyaviy yordamimizni barqarorlashtirishga harakat qilishimiz kerak», dedi fon der Lyayyen 5 yanvar, juma kuni Bryusselda Belgiya bosh vaziri Aleksandr De Kroo bilan qo‘shma matbuot anjumanida.
Uning ta’kidlashicha, Yevrokomissiya YeI kengashiga 2024-2027 yillarga mo‘ljallangan yangilangan YeI budjeti doirasida Ukraina uchun jamg‘arma bo‘yicha konsensusga erishilishini ta’minlaydigan «operativ yechimlar»ni taklif qiladi. Fon der Lyayyenga ko‘ra, Ukraina uchun ushbu jamg‘arma YeIning uzoq muddatli budjetini qayta ko‘rib chiqish markaziy elementi hisoblanadi.
Yevroittifoqning budjet bo‘yicha sammiti 1 fevralga belgilangan
Belgiya 1 yanvardan boshlab Yevropa Ittifoqi kengashiga raislik qilyapti, u olti oylik rejalashtirilgan rotatsiyada Ispaniyani almashtirdi. Yevropa Ittifoqining uzoq muddatli budjeti va Ukrainaga qo‘shimcha yordam ko‘rsatish uchun mablag‘ ajratilishi kabi masalalar yaqin haftalarda aniqlashtirilishi kerak. Ispaniyaning Yevropa Ittifoqi kengashiga raisligi davrida bu borada kelishuvga erishilmadi.
2023 yil 14-15 dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan YeI sammitida Yevrokengash Vengriya pozitsiyasi tufayli Yevropa Ittifoqining 2024-2027 yillarga mo‘ljallangan budjetiga Ukrainaga 50 milliard yevro miqdorida makromoliyaviy yordam ko‘rsatishni nazarda tutuvchi tuzatishlarni tasdiqlay olmadi. Keyinroq Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel 2024 yil 1 fevralda navbatdan tashqari sammit o‘tkazilishi rejalashtirilganini, unda Yevropa Ittifoqi mamlakatlari davlat va hukumat rahbarlari budjetni hisobga olgan holda Ukrainaga makromoliyaviy yordam ko‘rsatishni qayta ko‘rib chiqishga qaytishini ma’lum qildi.
Mavzuga oid
22:44 / 13.11.2024
Tramp ma’muriyatida Ukraina bo‘yicha maxsus vakil bo‘ladi - OAV
21:24 / 13.11.2024
Kuraxovodagi ukrain garnizoni qurshovga tushishi mumkin. Frontdagi eng murakkab yo‘nalishlardan birida nimalar bo‘lmoqda?
18:53 / 13.11.2024
Boris Jonson Ukrainaga britan harbiylari yuborilishi shartini aytdi
14:54 / 13.11.2024