12:03 / 08.01.2024
8749

Rossiya yana «Kinjal» raketalari bilan Ukrainaga hujum qildi

8 yanvar kuni erta tongda Rossiya yana bir bor Ukraina hududiga yirik raketa hujumi uyushtirdi. Xarkiv, Zaporijjya va Kriviy Roxda portlashlar eshitildi. UQK ma’lumotlariga ko‘ra, raketalardan biri Lviv viloyatiga yo‘naltirilgan.

Foto: Telegram / synegubov

Rossiya armiyasi yana yuqori tezlikda uchuvchi «Kinjal» aeroballistik raketalari va boshqa qurollar bilan Ukrainaga hujum qildi. 8 yanvar, dushanbaga o‘tar kechasi butun Ukraina bo‘ylab havo hujumi to‘g‘risida ogohlantirish e’lon qilindi, UQK Havo kuchlari Rossiya strategik aviatsiya samolyotlari tomonidan raketalar uchirilgani haqida xabar berdi. Nijyegorod va Murmansk viloyatlaridagi aerodromlardan 11 ta Tu-95MS va 4 ta Mig-31K strategik bombardimonchi samolyotlari havoga ko‘tarilgan. Bundan tashqari, Kaspiy dengizi hududidan raketa uchirilishi qayd etilgan.

Ukrainaning qator shaharlarida portlashlar sodir bo‘ldi

Ukrainaning qator shaharlarida portlashlar sodir bo‘lgani xabar qilingan. Xarkiv VHM rahbari Oleg Sinegubovning aytishicha, rossiyaliklar Xarkivga kamida to‘rtta zarba bergan. «Qurol turi aniqlanmoqda. Ayni paytda qurbonlar yo‘q», deb yozdi u Telegram’da. Boshqa narsalar qatorida, Chuguyevsk tumani Zmiyov shahridagi xususiy uyda vayronalar qayd etilgan, dedi u.

Bundan tashqari, Dnipro, Kriviy Rox va Zaporijjyada portlashlar eshitildi. Kriviy Rox mudofaa kengashi raisi Aleksandr Vilkul shahar yirik raketa hujumiga uchraganini aytdi. Ukraina OAV Xmelnitsk viloyatida havo hujumidan mudofaa tizimi ishlab ketgani to‘g‘risida xabar berdi. Ukraina axborot kanallari Kriviy Roxdagi savdo markazida yong‘in sodir bo‘lgani, shuningdek, Zaporijjyadagi qurbonlar haqida ma’lum qildi, bu shaharda raketalar turar joy tumanlariga – ochiq joylar va binolar yaqiniga kelib tushgan. 

UQK Havo kuchlariga ko‘ra, raketalar, jumladan, Ukraina g‘arbiga qaratilgan. Xususan, Telegram’da ma’lum qilinishicha, raketa Ivano-Frankivsk viloyati orqali Lviv yo‘nalishida uchib o‘tgani qayd etilgan.

Ukraina hududiga raketa zarbasi bir kun avval, rojdestvo kechasida ham amalga oshirildi. 

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top