Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2023 yilda Rossiyada armiya haqidagi «feyklar» bo‘yicha 135 ta ish ochildi
O‘tgan yilning 11 oyi davomida armiya haqida «feyklar» tarqatishda ayblangan 70 kishiga nisbatan Rossiya sudlariga 79 ta jinoiy ish yuborilgan. Xuddi shu sababga ko‘ra, 69 mingdan ortiq sayt bloklangan yoki o‘chirilgan.
2023 yilning 11 oyi davomida Rossiyada rus armiyasi haqidagi «feyklar» moddasi bo‘yicha 135 ta jinoiy ish qo‘zg‘atilgan, shundan 70 kishiga nisbatan 79 ta ish tergov organlari tomonidan sudlarga yuborilgan. Bu haqda 8 yanvar, dushanba kuni RF Bosh prokuraturasi ma’lumotlariga tayanib, TASS xabar berdi.
O‘tgan 2022 yilda ushbu modda bo‘yicha 187 ta ish qo‘zg‘atilgan bo‘lib, shundan 78 tasi sudgacha yetib borgan.
Rossiya qurolli kuchlari va rasmiylarini «obro‘sizlantiradigan» «feyklar» tarqatishda ayblanib, o‘tgan yili 69 mingdan ortiq sayt bloklangan yoki o‘chirilgan. Shu bilan birga, Bosh prokuratura Roskomnadzorga bloklash to‘g‘risida atigi 555 ta so‘rov yuborgan. 2022 yilda tegishli ko‘rsatkichlar yanada yuqori bo‘lgan: 853 bloklash so‘rovi bo‘yicha 128 mingta internet-resurs o‘chirilgan yoki bloklangan.
Saytlar, birinchi navbatda, Ukrainadagi urush, shuningdek, Rossiyadagi iqtisodiy vaziyat, «yadro qurolidan foydalanish tahdidi» va 2023 yil kuzida bo‘lib o‘tgan saylovlar paytidagi qonunbuzarliklarni yoritgani uchun bloklangan.
Mavzuga oid
08:22 / 25.06.2026
Dunyo armiyalarida ayollar ulushi: kutilmagan yetakchilar kimlar?
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
21:06 / 25.05.2026
Putin rossiyaliklar himoyasi uchun xorijda armiyadan foydalanishga ruxsat beruvchi qonunni imzoladi
08:03 / 16.05.2026