Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda bolalar uchun milliy animatsion filmlar ishlanadi
Ukrainaning yetakchi Open4business va Fixygen elektron nashrlarida prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 22 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishiga bag‘ishlangan maqolalar e’lon qilindi.
«Dunyo» xabariga ko‘ra, nashrlarda O‘zbekistonda so‘nggi yillarda ma’naviy-ma’rifiy sohalarda katta ishlar amalga oshirilganligi ta’kidlangan.
«Televideniyeda praym-taym vaqtida ko‘proq xorijiy seriallar namoyish etilmoqda, - dedi O‘zbekiston prezidenti. Davlat rahbari mahalliy ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlashni taklif qildi va milliy seriallarni suratga olish konsepsiyasini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berdi», - deyiladi maqolalarda.
Ukraina elektron nashrlari ma’lum qilganidek, prezident milliy seriallarni qiziqarli bo‘lishi uchun g‘oyaviy-badiiy va texnik jozibadorlik darajasiga olib chiqish, bunda mahalliy ijodkorlarga zamonaviy sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi.
«Kinoni iqtisodiyot bilan uyg‘un rivojlantirish maqsadida Buxoro, Samarqand va Toshkent viloyatlarida «erkin iqtisodiy kinohududlar» barpo etish vazifasi qo‘yildi. Shuningdek, IT-park kabi erkin iqtisodiy zona – Cinema park tashkil qilish tashabbusi ilgari surildi», - deb qayd etilgan manbalarda.
O‘zbekiston rahbari, shuningdek, bolalar uchun o‘zbek xalqining buyuk ajdodlari ibratli hayot yo‘li haqida ko‘p qismli animatsion filmlar yaratish zarurligini aytib o‘tdi.
Mavzuga oid
15:10 / 01.06.2026
Kinematografiya komissiyasi, Milliy va Badiiy kengashlar faoliyati butunlay tugatiladi
21:23 / 22.01.2026
"Oskar" kinomukofotiga nomzodlar e’lon qilindi
14:53 / 28.12.2025
Aktrisa Brijit Bardo vafot etdi
22:50 / 16.12.2025