Ukrainadagi urushning 684-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Rossiya 8 yanvar tongida Ukraina bo‘ylab yoppasiga zarbalar yo‘lladi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, otishma oqibatida Xmelnitskaya oblastida ikki kishi, Xarkiv va Kriviy Rih oblastlarida yana ikki kishi halok bo‘lgan. Ukraina bo‘ylab zarbalar oqibatida kamida 45 kishi jarohatlangan.
  • Nijniy Tagilda temiryo‘lda portlash ro‘y berdi. Ural transport prokuraturasi xabariga ko‘ra, temiryo‘lda «qandaydir qasirlash» bo‘lgan. Telegram-kanallar metall yuklangan sisternalarda portlovchi qurilma topilganini yozishgan.
  • Shvetsiya hukumati fuqarolarni urush boshlanishiga tayyor turishga chaqirdi. Bu haqda «Folk och Forsvar» mudofaa konferensiyasida fuqarolik mudofaasi vaziri Karl-Oskar Bulin aytib o‘tgan. U boshqa tafsilotlarga to‘xtalmagan.
  • «LXR» rahbari Leonid Pasechnik Rubejne shahrida rossiyaliklar samolyotidan aviabomba tushib ketganini ma’lum qildi. Ukraina hukumati turar joylar vayron bo‘lganini xabar qilgan.
  • Ukrainalik hakerlar Alfa-bankning 24 milliondan ortiq mijozlarining personal ma’lumotlarini oshkor qildi.
  • Frontda ukrainalik shoir Maksim Krivsov halok bo‘ldi.
  • Filipp Kirkorov «Novogodnyaya Maska»dagi ishtiroki uchun oladigan gonorarini Belgorod o‘qqa tutilishi oqibatida jabrlanganlar uchun berishni va’da qildi.

Kunning asosiy voqeasi. Ukrain shaharlari o‘qqa tutilishi

Tunda va 8 yanvar tongida rossiyalik harbiylar Ukraina hududlari bo‘ylab yopirilma raketa zarbalari yo‘lladi. Butun mamlakat bo‘ylab havo trevogalari yangradi. Ukraina qurolli kuchlari raketalar zarbasi va rossiyaliklarning «Kinjal» raketasi uchirilishi xavfi haqida ogohlantirdi. Ukrain nashrlari Kriviy Rih, Zaporijjya, Dnipro, Xmelnitskaya va Xarkiv oblastlaridagi portlashlar haqida xabar bergan. 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xmelnitskaya oblastida zarbalar oqibatida tinch aholi vakillaridan ikki kishi, Xarkiv oblastida — bir kishi, Kriviy Rihda ham bir kishi halok bo‘lgan. Ukraina bo‘ylab zarbalar oqibatida kamida 45 kishi jarohatlanib, turar joylar shikastlangan.

«Bugun tong, afsuski, yana yopirilma raketa zarbalari bilan boshlandi. Xarkiv shahri va oblasti, Zaporijjya, Kriviy Rih, Xmelnitskaya oblastlari. 45 kishi jarohatlangan, hozirgi vaqtga kelib to‘rt qurbon haqida ma’lumot bor. Yaqinlariga hamdardligimni bildiraman. Terrorchi davlat tezda javobimizni his qiladi», — degan Volodimir Zelenskiy urushning 684-kuni yakunlari bo‘yicha qilgan murojaatida.